AQShda Jorj Oruellning (George Orwell) “1984” asariga qiziqish kuchaygan. Amerikaliklar hukumatning fuqarolar hayotini qay darajada nazorat qilishi mumkinligi haqida bahslashar ekan, totalitar tuzumdan ogohlantiruvchi bu qissa har doimgidan dolzarb ko’rinadi.
Britaniyalik yozuvchi Jorj Oruell 1949-yilda chop etgan asarda voqelikning barcha jabhalarini, jumladan odamlar ongini nazorat qiluvchi rejim ta’riflanadi.
AQSh Milliy xavfsizlik agentligi millionlab fuqarolarning telefon so’zlashuvlari haqida ma’lumot to’plagani va xorijliklarning internetdagi muloqotini kuzatgani oshkor etilganidan keyin kitobni do’konlarda va internet orqali sotib olayotganlar ko’paydi. Bir necha kun ichida global tarmoqdagi “Amazon” do’konida “1984” asari 7397-o’rindan 125-o’ringa ko’tarildi.
Roman ikkinchi Jahon urushi tugaganidan ko’p o’tmay, Sovet Ittifoqi totalitar tuzumga aylanganiga shubha qolmagandan keyin yozilgan. AQSh universitetlari o’quv dasturiga kiritilgan bu kitobni oliy ma’lumotli har bir amerikalik yaxshi biladi. Ko’plar kundalik hayotimizni kuzatib borishyaptimi, degan savolni ham qo’ygan.
Ammo Pensilvaniyadagi Villanova universtetidan siyosatshunos-professor Tomas Smit deydiki, AQSh hukumatinining fuqarolarni kuzatish uslubini Oruell asaridagi uslublar bilan solishtirish mumkin bo’lsa-da, o’rtada jiddiy farq bor.
“Oruell asarida hukumat qonunlarga bo’ysunmaydi. Xohlaganicha ish tutadi, fuqarolar hayotini nazorat qiladi. Bizda bunday qilishning iloji yo’q. Shuningdek, kuzatuvlar ko’lamini oladigan bo’lsak, asarda hayotning barcha sohalari nazorat qilinadi. Bugungi vaziyat esa boshqacha: Milliy xavfsizlik agentligi faqat ayrim so’zlashuvlar va muloqotni kuzatib borgan”, - deydi Smit.
Chikagodagi Depol (DePaul) universiteti professori Kreyg Sirls bu fikrga qo’shilar ekan, yana bir farq haqida gapiradi. Asarda nyuspik (Newspeak) deb nomlangan yangi tilni kashf etish haqida gap boradi. Bu tilda barcha bizga ma’lum bo’lgan so’zlar teskari ma’noga ega. Masalan, quldorlik erkinlikni anglatadi. Asarda, shuningdek, hukumat odamlarning ongini ochiqchasiga nazorat qiladi.
Professorning aytishicha, xavfsizlik agentligi olib borgan kuzatuvlarning esa tilga aloqasi yo’q. Ular shuningdek, ochiqchasiga emas, maxfiy ravishda olib borilgan.
“1984” asari va bugungi zamon orasidagi farq qanday bo’lmasin, amerikaliklar bir narsani o’zi uchun belgilab olishi kerak: terrorizmga qarshi kurash deb hukumat qay darajada ularning shaxsiy hayotiga aralashishga haqli?”.
“Bu masalani oshkora muhokama qilishimiz kerak. Qonunlarimiz yaxshimi? 2001-yil 11-sentabrdan keyin milliy xavfsizlik deb shaxsiy hayotimiz ustidan nazoratni hukumatga boy berib qo’ymadikmi?”. Shu savollarni o’rtaga tashlaylik, - deydi suhbatdosh.
Your browser doesn’t support HTML5