Inson huquqlari bo'yicha Human Rights Watch (HRW) O'zbekistonda ommaviy axborot vositalari and jurnalistika sohasida qanday islohotlar va o'zgarishlar kuzatilayotgani haqida tahlilnoma chiqardi.
Unga ko'ra, so'z va matbuot erkinligi bobida qator yutuqlar bor lekin tub muammo o'sha-o'sha: amaldagi siyosatni tanqid qilish xavfli. Muxolif qarashlarni yoritish uchun jur'at yetishmaydi chunki tuzumdan qo'rquv kuchli.
Progress shuki, inson huquqlari tashkilotlari, xususan HRW uchun O'zbekiston hozir ochiq. Uning ekspertlari Toshkentda rasmiylar va nohukumat tashkilotlar bilan muloqotda.
Bugun, masalan, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi qoshida ham uchrashuvlar kechgan.
Umid shuki, deydi HRWning O'zbekiston bo'yicha vakili Stiv Sverdlov islohotlar avj olib, matbuot erkinligi kengayadi. Mustaqil OAVsiz oshkoralik va taraqqiyotga erishib bo'lmaydi, deydi u.