Harakat yetakchisi o'tgan yil avgustida AQSh havo hujumida o'lgan. Guruhga yangi rahbar tayinlangan.
"Amerika Ovozi"ga O'zbekiston Islomiy Harakatiga aloqador elektron pochtadan kelgan maktubga ko'ra, guruhning ko'p yillik yetakchisi Tohir Yo'ldosh, 2009-yil 27-avgustida AQSh havo hujumida o'lgan.
Tohir Yo'ldoshning o'limi haqida o'tgan yili xabar qilingan edi, biroq guruh shu kungacha buni inkor etib kelgan. O'zbekiston va Qo'shma Shtatlar tomonidan terrorchi deb belgilangan guruhga aloqador veb-sahifada bildirilishicha, harakatga yangi rahbar tayinlangan. Uning ismi Usmon Odil.