Amerika bo'ylab ilm olayotgan xorijlik yoshlar 5-noyabrda Oq uy va Kongressga o'tadigan saylovlar oldidan o'ziga xos hajayon va xavotirda.
Ularga AQShdagi oshkoralik va shaffoflik ma'qul. Debatlarni qiziqib kuzatishmoqda.
Vatanlarida bunday emasligidan afsusda ekan, bu talabalar demokratik qadriyatlarni shakllantirish va ularga sodiq qolish naqadar murakkab jaray0n ekanini anglab yetayotganini aytadi.
Suriyalik Musba Shahin 2014-yildan beri AQShda. Ayni damda u Massachusetts universitetida professor yordamchisi. Boshida qiynalganini aytadi.
“2016 va 2020-yillardagi prezident saylovlari menda turlicha taassurot qoldigan. Amerika siyosiy tizimini tushunishim oson kechmadi", - deydi Shahin.
Suriyada siyosiy muhokama degan narsa yo'q edi, deydi talaba, odamlar bu borada pichirlab gaplashishar edi.
“AQShda ayrimlar fikrim muhim emas, deydi, ammo fikr bildirish qanchalik dahshatli narsa ekanini bilaman. Bu jamiyatda odamlar bir-biri bilan ochiq muloqot qiladi".
Buni ham ko'ring Oldingi va hozirgi Kamala Harris: Anhor.uz - "Amerika Ovozi"Shahin endilikda universitetda dars berishni boshlar ekan, yoshlar bilan mafkuraviy farqlar xususida fikr almashishni foydali deb biladi.
“Konservativ va liberal bo'lish orasidagi farqlar va mafkuraviy asoslar bag'oyat muhim, buni tushunish kerak", - deydi u.
Shahin intellektual mushohada kengayishi zarur, deb hisoblaydi, toki dunyoqarashlar o'ssin.
"Talabalar serqirra bilim olishi, izlanib, tahlil qila olishi uchun imkon qadar ko'proq odamdan eshitishi va fikrlar bilan tanishish lozim".
Hindistonlik Rohan - Naval Vashingtondagi Amerika universiteti talabasi.
Naval bu yerdagi axborot vositalari ishidan mamnun.
“Menga AQShda saylov qanday o'tkazilishi yoqadi. Media uni obdon yoritar ekan, bu esa saylovchi uchun muhim. Saylovchi axborot olib, shunga qarab qaror qiladi".
Saylov kampaniyasi ham juda qiziq, kutilmagan yangiliklarga boy, deydi u.
“Donald Trampga o'q uzilgani va boshqa voqealar ... Nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi".
Prezident Jo Bayden poygadan chiqib ketgani uni lol qoldirdi.
Amerikada saylovchi pochta orqali ovoz berishi Naval nazarida bebaho imkoniyat, chunki uning yurtida odamlar saylovda qatnashish uchun uzoq yo'l bosadi.
Your browser doesn’t support HTML5
Gretsiyadan kelgan Viktoriya Charalampidi Merilend shtatida Loyola universitida o'qiydi.
Bayden prezidentligini yaqindan kuzatgan Viktoriya Trampdan qolgan siyosatni ham anglay olganini aytadi, jumladan uning iqtisodiy ta'sirini.
Biroq hozirgi jarayonlardan u xavotirda, chunki tomonlar orasida tafovut juda chuqur va keskin.
“Harbiy yondashuvda, abort huquqi borasida va boshqa masalalarda mutlaq o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi bu mamlakat orqaga qaytishi mumkinligini ko'rsatadi", - deydi u.
Bular esa global hamjamiyatga, har bir davlat bilan aloqalarga va AQShga munosabatga ta'sir qiladi.
Viktoriya fikricha, Vitse-prezident Kamala Harris prezidentlik uchun kurashayotgani Amerika uchun progress. Irq va jins jihatdan yutuq, deyd talaba.