Vashington Eronga qarshi yangi sanksiyalar qo’yish ustida o’ylamoqda. Maqsad - bu davlatni yanada yakkalash va uni global iqtisodiy tizimdan uzish.
Chet el kompaniyalariga Eron neft inshootlariga sarmoya olib kirishni man etish masalasi muhokamada. Kompaniyalar bu taqiqqa bosh egmasa, ularning AQShdagi faoliyati cheklanadi.
Eronning yonilg’i va kimyoviy sanoatini imkoniyatlardan ayiruvchi mana shunday sanksiya Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilishi kutilmoqda.
Oq Uy nazarida Xitoy va Rossiya Eron atom dasturi yuzasidan qanchalik betashvish ko’rinmasin, aslida bu davlatlar ham uning yadroviy faolioyatini yaqindan kuzatib kelmoqda va xavotirda.
Islomiy respublika atom qurollariga ega bo’lsa, bu avvalo uning atrofidagi mamlakatlar tinchligiga raxna soladi, deydi prezident Barak Obamaning davlat xavfsizligi bo’yicha maslahatchisi Tom Donilon.
Xalqaro atom agentligi bergan hisobotga ko’ra, Eron yadroviy qurol ustida ishlashga harakat qilgan.
Bu davlat yuqoridagi ayblovlarni rad etadi. Eron maxsus vakili Ali Asg’ar Sultoniy deydiki, atom dasturi davom ettiriladi va buni xorijiy bosim to’xtata olmaydi.
Maqsad yadroviy energiya ishlab chiqarishni takomillashtirish, deydi u.
Eron qurolli kuchlari bu orada Afg’oniston bilan chegaradosh hududda mashqlar olib bormoqda.
Bu amaliyotlar tashqi dunyo xurujiga tayyor turishni ko'zlaydi, deya yoritmoqda davlat matbuoti.
Amerika Eronga nisbatan qurolli chora ko’rilmaydi deb qayd etmoqda, lekin Isroil o’zini himoya qilishga tayyor. Eron, deydi yahudiy hukumati birinchi raqamli dushman.