Eron Amerikadan dalil so’radi

  • Amerika Ovozi

Eron Inqilobiy Gvardiyasi bilan aloqador Mansur Arbobsiar ayblovni tan olgan

Eron rasmiylari Amerikaning da’vosini, aynan, Tehron Vashingtonda Saudiya Arabistoni elchisini o’ldirmoqchi bo’lgani haqidagi ayblovni ko’rib chiqishga tayyor.

Hukumatning IRNA axborot agentligi xabariga ko’ra, Eron Tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solihiy AQShga murojaat qilib, dalil bilan o’rtoqlashishga chaqirgan.

Oliy rahnamo Oyatulla Ali Xomeneiy so’zlariga muvofiq, AQShning “noloyiq” siyosiy yoki xavfsizlikka doir “noloyiq” harakatlari munosib javob topadi.

Oyatulla nazarida Qo’shma Shtatlar da’volari aslida shaxsiy iqtisodiy muammolardan e’tiborni chalg’itishga qaratilgan.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, u xuruj rejalanayotgani haqida Eron, AQSh va Saudiya Arabistonidan xabar olgan. “Bu xatlarni BMT Xavfsizlik Kengashiga taqdim etdik”, - deydi u.

Eron prezidenti Mahmud Ahmadinajod ta’biriga ko’ra, uning davlati va xalqi esli-hushli, to’kis, demakki, birovni o’ldirishga hojat sezmaydi.

Amerika Senatori, razvedka masalalari bilan tanish Dayan Faynstayn suiqasd rejasi Eronning sara Quds qo’shinlari bilan bog’liq ekanini isbotlovchi hujjatlar bor.

AQSh Adliya vazirligi o’tgan seshanba Saudiya Arabistoni elchisi Odil al-Jubayr hayotiga suiqasd ko’zlangani va bu ishga Eron aloqador ekanini ma’lum qilgan edi. Bu xalqaro qonunlarga mutlaqo ziddir, deydi Oq uy rasmiylari.