Iroq prezidenti Jalol Talaboniy Bosh vazir Nuri al-Malikiyga yangi hukumat tuzish vazifasini topshirgan. Xalq sakkiz oy davom etgan siyosiy tanglik nihoyat tugar, deya umidvor.
Malikiyga bir oy muhlat berilmoqda. Bu payt ichida u Vazirlar Mahkamasini tuzishi kerak.
Bag’dodda, qasamyod marosimida so’zlar ekan, bosh vazir Iroq xalqi, siyosat va din ahli, barcha mazhab va elatlarni totuvlikka da’vat etdi.
“Adovatni yenga olamiz, yangi hukumat barcha millat, guruhlarni o’z ichiga oladi”, - deya va’da berdi Malikiy.
Iroqda uzoq tortishuvdan so’ng sunniy, shia va kurd partiyalari murosaga kelib, davlatni birga boshqarishga roziday.
Oy boshida erishilgan mana shu kelishuv sharofati bilan Malikiy ikkinchi bor bosh vazirlikka tayinlandi, Talaboniy esa prezident kursisida qoldi.
Bundan tashqari, sunniy arbob Usama al-Nujayfiy parlament spikeri etib tayinlandi.
Agar u bir oyda yangi hukumat tuza olmasa, prezident bosh vazirlikka boshqa nomzodni ma’qullashi kerak bo’ladi.
Bitim doirasida sobiq bosh vazir, sunniy Iroqiya koalitsiyasi rahbari Ayad Allaviy milliy xavfsizlik bo’yicha qo’mitani boshqaradi.
Bahordagi saylovda Allaviyning koalitsiyasi g’alaba qozongan edi.
Biroq partiya hukumat tuzish uchun yetarli ovoz yig’olmay, boshqa partiyalar bilan ham ittifoq tuzishga muvaffaq bo’lmadi.
Amaldagi bosh vazir Nuri al-Malikiyshia arbob Muqtada al-Sadr partiyasi bilan kelishib, hokimiyatda qoldi.