Breaking News

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Iroqda


AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Iroqda
AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Iroqda

AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden kutilmaganda Iroqqa borgan. Oq uy bayonotiga ko’ra, u rahbariyat bilan uchrashib, Iroq va AQSh askarlari yutuqlari sharafiga tashkil qilinadigan anjumanda qatnashadi.

AQSh qo’shinlari sanoqli kunlar ichida, 31-dekabrga qadar Iroqni tark etishi kerak. Hozirda bu davlatda amerikalik 14 000 askar bor. Urush avj pallaga chiqqanida zobitlar soni 170 000 bo’lgan.

Prezident Barak Obamaning aytishicha, qo’shinlar chiqqach, uzoq yillik ur-yiqitdan bo'shamagan Amerika-Iroq aloqalarida yangi sahifa ochiladi.

Qo’shma Shtatlar 2003-yilda Iroqqa askar tortgan va bu urush davlat tarixida eng uzun harbiy mojaro deya ko’riladi.

“Biz Iroqqa doir va’dalarni bajardik. 2009-yilning iyulida harbiylar katta shaharlarni tark etdi. 2010-yilning 31-avgustida harbiy missiya yakunlandi. 2009-yilda 144 000, 2010-yil 50 ming zobit qoldi”, - deyiladi Oq uy bayonotida.

"Bu davr mobaynida, 2003-yildan beri qiyoslaganda zo'ravonlik ko'lami kamaygan. Tomonlar askarlar sonini kamaytirib, sekin-asta olib chiqishdan manfaatdor ekanini tushundi. Endilikda siyosat, diplomatiya, savdo, energetika, texnologiya, atrof-muhit, transport, qonunchilik va mudofaa bobida hamkorlikka urg'u beriladi", - deyiladi unda.

Urush amerikalik minglab soldatni hayotdan olib ketgan.

Iroqdan so'ng Jo Bayden Turkiya va Gretsiyaga yo’l olishi kutilmoqda. 2-dekabrda u avval Anqaraga borib, rasmiylar bilan muzokara qiladi va 3-dekabrda Istanbulda Global Tadbirkorlik sammitida chiqish qiladi.

5-dekabrda esa Bayden Afinaga yo'l oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG