Amerika generali Jozef Danford bugun, seshanba kuni Iroq Kurdistoni rahbari bilan Irbil viloyatida ko'rishmoqda. General "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi kechayotgan kurashni o'z ko'zi bilan ko'rib, baholamoqchi.
Danfordning Masud Barzoniyga aytishicha, Amerika va kurdlarning dushmani bir.
Kurd jangchilari ektremist-terrorchilarni Iroqning shimolidan siqib chiqarishga muvaffaq bo'lmoqda. Ularga Amerika boshchiligidagi koalitsiya havodan yordam berayapti.
Iroq armiyasi va hukumatga xayrixoh kuchlarga ham koalitsiya madad berayapti. Biroq ular Iroqning boshqa qismlarida olg'a siljishi qiyin kechmoqda.
Iroq tomonining ishontirishicha, Bag'dod xalqaro harbiy havo koalitsiyasiga Rossiyani taklif qilmagan. Ruslar hozir Suriyada jangarilarni bombardimon qilayapti.
Xabarlarga ko'ra, Iroqdagi ayrim rasmiylar mamlakatga Rossiya harbiy havo kuchlarini ham chaqirish kerak, deb chiqqan.
Your browser doesn’t support HTML5