Yo'qsil davlatlar xayriya emas, sarmoyaga muhtoj, deydi BMT rasmiylari

  • Amerika Ovozi

Yo'qsil davlatlar xayriya emas, sarmoyaga muhtoj, deydi BMT rasmiylari

Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida Turkiyada yo’qsil davlatlar anjumani o’tmoqda. Besh kunlik bu yig’inda iqtisodiy muammolar muhokamada.

Turkiya prezidenti Abdullah Gul xalqaro konferensiyani ochib berar ekan, rivojlangan davlatlar yiliga milliardlab do’llar yordam ta’minlasa-da, kambag’al mamlakatlarda ahvol hamon og’ir, dedi.

“1971 yilda jahonda zaif mamlakatlar soni 25 edi, bugun esa 48ga yetgan. Bu ayanchli holat”, - deydi Abdulla Gul.

“O’sha yurtlar fuqarolari jahon ahlining qariyb 13 foizini, lekin dunyo ekonomikasining faqat 1 prosentini tashkil etadi, xolos”, - deydi prezident Gul.

BMT toifasiga ko’ra, eng kam rivojlangan bu davlatlarda kishi boshiga yillik daromad 750 dollardan oshmaydi, mabodo bu raqam 900 dollarga yetsa, o’sha davlat ro’yxatdan chiqadi.

Albatta, mamlakat zaif hukumati, ta’lim saviyasi, bolalar o’limi, eskirib borayotgan binoyu yo’llar va shu singari qator omillar e’tiborga olinadi.

Ma’lumotga ko’ra, hozirgacha faqat Botsvana, Kabo Verde va Maldiv orollari yo’qsillar ro’yxatidan chiqa olgan.

BMT hisob-kitobiga qaraganda, yaqin 40 yilda yo’qsil davlatlar aholisi ikki karra o’sib, 1.7 milliardga yetadi.

Buning og’iri sog’liqni saqlash va ta’lim tizimiga tushishi aniq, deydi ekspertlar.

Tashkilot Bosh kotibi Ban Ki Mun anjumanda so’zlab, oziq-ovqat va yonilg’i narxi oshib borayotgani bois, ayniqsa, kambag’al davlatlarda vaziyat yanada og’ir ekanini eslatdi.

Bosh kotib sanoatlashgan mamlakatlar yordam va’da qilib, uni bajarmayotganidan afsusda.

“O’tmishda nihoyatda ko’p va’dalar olgan edik”, - deydi Pan Gi Mun. “Unga amal qilish muhim. Biz endi bu va’dalar ijrosini kuzatib boramiz deydi”, - BMT bosh kotibi. “Bu hayriya emas, balki global iqtisodiyot rivojiga qo’shilgan hissadir”, - deydi u.

Yo’qsil davlatlar ro’yxatida Afrikadan 33, Osiyodan 14, Lotin Amerikasidan esa 1 mamlakat bor. BMT sha’fe bu yig’in hamda ayrim qatnashchilar xarajatini Turkiya qoplagan.

Istanbul anjumanida bu gal nodavlat tashkilotlarga ham katta o’rin berilgan. Konferensiya shiori, kam rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikni oshirish.

“BMT homiyligidagi konferensiya kuchga to’lib borayotgan davlatda o’tayotgani o‘ta muhim”, - deydi Jahon banki vakili Ngozi Okonjo Ivela.

“Anjuman Turkiyada o’tkazilishi e’tiborga molik. Bu yurt ham bir paytlar og’ir ahvolda edi. Turkiya iqtisodiyoti o’tishda davom etadi, kambag’al mamlakatlar esa unga qarab intiladi”, - deydi Jahon Banki mutaxassisi.

Yo’qsil davlatlar ro’yxatida Afrikadan 33, Osiyodan 14, Lotin Amerikasidan esa 1 mamlakat bor.

BMT sha’fe bu yig’in hamda ayrim qatnashchilar xarajatini Turkiya qoplagan.

O’tgan yili Turkiya muhtoj mamlakatlarga 1 milliard dollar yordam bergan. Ekspertlar deydiki, ekonomikasi o’sib borayotgan Turkiya yo’qsil va baquvvat mamlakatlar o’rtasida ko’prik bo’lishga intilmoqda.