Kasalxonada davolanayotgan Johar Tsarnayevga kecha Bostondagi portlashlar bo'yicha rasman ayblov qo'yildi. Ommaviy qirg'in quroli qo'llab, bir necha kishining hayotiga zomin bo'lganlikda ayblanayotgan Tsarnayev, agar aybdor deb topilsa, o'lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Uning 30-may kuni dastlabki sud majlisida qatnashishi belgilangan.
Ommaviy axborot vositalarining dastlabki tergov surishtiruviga asoslanib xabar berishicha, aka-uka Tamerlan va Johar Tsarnayevlar portlashlarni xorijdagi biror terror guruhidan yordam olmasdan yolg'iz o'zlari amalga oshirgan. Bu haqda Johar yozma ma'lumot bergan. Hibsga olinishidan avval bo'lib o'tgan otishmada tomog'idan yaralangan ayblanuvchi gapira olmayapti. Rasmiylar jinoyat ortida turgan motiv haqida hali ma'lumot bergani yo'q.
Portlashlarni uyushtirishda asosiy kuch bo'lgani aytilayotgan Tamerlan Tsarnayev ukasi hibsga olinishidan bir kun avval bo'lib o'tgan otishmada qattiq yaralanib, keyinroq kasalxonada olamdan o'tgan.
19 yoshli Johar Tsarnayev, shuningdek, mol-mulkka qasddan zarar yetkazish jinoyati bo'yicha ham ayblanmoqda.
Eslatib o'tamiz, 15-aprel kuni Bostonda marafon paytida sodir etilgan ikki portlashda uch kishi halok bo'lib, 180 dan ortiq odam yaralangan edi.
Boston shahri 22-apreldan boshlab yana normal hayot tarziga qaytmoqda. Kecha shaharda portlashda halok bo'lganlar xotirasi uchun kunduzi mahalliy vaqt bilan 14:50 da bir daqiqa sukut saqlandi, cherkovlarda qo'ng'iroqlar chalindi.