Shavkat Mirziyoyev va Rustam Azimov O'zbekiston kelajagi uchun qanchalik muhim?

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbek xalqi o'ta pragmatik va konformist, deydi siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov

AQSh poytaxtidagi Jorj Vashington universiteti Markaziy Osiyo fakultetida O'zbekistonga bag'ishlangan anjumanda so'zlagan siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov fikricha, keyingi besh yil ichida O'zbekiston siyosatida, ichki yo tashqi, katta o'zgarishlar bo'lmaydi.

77 yoshli Islom Karimov prezidentlikning yangi muddatini boshlar ekan, asosiy e'tibor xalqaro rishtalarni muvozanatda ushlab turish va tuzumga nisbatan bosim oshishiga yo'l qo'ymaslikda bo'ladi.

O'zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va uning o'rinbosari, shuningdek, Moliya vaziri Rustam Azimov prezident suyangan ikki lider va har biri uzoq yillardan beri Karimov ko'zi ostida yetishib kelayotgan arboblar. Mamlakat kelajagida ular muhim rol o'ynaydi, deydi Rabbimov.

O’zbekiston Karimovdan keyingi davrga qanchalik tayyor?

Millionlab o’zbekistonliklar xorijda, dunyoning qay burchagiga borsak, ularni topamiz. Vashingtondagi tadbirga Avstraliya va Yaponiyada faoliyat yuritayotgan o’zbek mutaxassislar ham keldi. Amerikada yashayotgan o’zbeklar davra suhbati qildi. Yevropadagi muhojirlar faollashgan.

Vatandoshlarning vatanga ta’siri qanchalik? O'zbekiston taraqqiyoti uchun ular nima qila oladi?

Kamoliddin Rabbimov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda bu va boshqa savollarga javob berdi. Marhamat, tinglang.

Your browser doesn’t support HTML5

Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov bilan Vashingtonda suhbat - Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

The First Uzbekistan Initiative Workshop, Central Asia Program, GWU, April 6, 2015 - Session 1

Your browser doesn’t support HTML5

The First Uzbekistan Initiative Workshop, Central Asia Program, GWU, April 6, 2015 - Session 2

Your browser doesn’t support HTML5

"O'zbekiston Tashabbusi" - Jorj Vashington universiteti o'zbeklarni yig'di