Kecha Suriya muxolifatiga xayrixoh davlatlar tashqi ishlar vazirlari Ammonda uchrashib, AQSh va Rossiya tashabbusi bilan kelasi oy uyushtirilayotgan tinchlik muzokaralari xususida gaplashgan.
“Suriya do’stlari” deya yuritilayotgan guruh majlisida qatnashgan AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, agar Bashar Assad hukumati muzokaradan bosh tortsa, xalqaro hamjamiyat tomonidan muxolifatga xayrixohlik kuchayadi.
Ammondagi majlis Suriyada hukumat va muxolifat kuchlari Qusayr shahri uchun shiddatli jang qilayotgan paytga to’g’ri keldi. Hizbulloh jangarilari Suriya armiyasiga yordam berar ekan, Jon Kerri buni tanqid qildi.
"Assad rejimiga faol harbiy yordam ko’rsatish bilan Hizbulloh Suriyada mazhablararo ziddiyatlarni kuchaytirib, hukumatning o’z xalqiga qarshi zug’umining davom etishiga hissa qo’shmoqda", - dedi AQSh davlat kotibi.
Kerri nazarida Eron ham minglab jangarilarni qo’llab-quvvatlab, mojaroning kuchayishiga sabab bo’lmoqda. Assad hukumati tinchlik istasa, muloqotda ishtirok etishi lozim, aks holda prezident Barak Obama muxolifatga yordamni oshirishi mumkin, dedi Kerri.
"Yordamni qanday shaklda berish xususida fikrlar ko'p. Qo’shma Shtatlar hech bir choradan voz kechgani yo’q", - dedi u.
Iordaniyada o’tgan “Suriya do’stlari” guruhi majlisida so’zlagan Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning aytishicha, Assad rejimi Hizbulloh va Eron yordamisiz uzoqqa borolmaydi.
"Bu hukumat tashqi yordam hisobiga ushlab turilibdi", - dedi Xeyg.
Biroq Suriyaning Iordaniyadagi elchisi Bahjat Sulaymonning aytishicha, tashqi kuchlar suriyaliklar nomidan gapirishga harakat qilyapti.
"Bunday muloqotdan foyda yo’q. Suriyaliklar ularning xohish-istaklarini bildira oladigan, xorijiy aralashuvsiz yoki begona mafkuraga berilmagan kuchlar o’rtasida muloqot bo’lishini istaydi", - dedi elchi.
Diplomat Suriya armiyasi Hizbulloh jangarilariga qarab qolgan, degan gaplarni inkor etdi.
"Biz butun mintaqa uchun kurashyapmiz. Hizbulloh kurashyapti, biz esa ularga yordam beryapmiz. Shu kungacha qudratimizning chorak qismini ham ishga solganimiz yo’q", - dedi elchi Sulaymon.
Vashingtondagi AQSh Tinchlik instituti tahlil markazi eksperti Stiv Xeydemanning aytishicha, mojaroning butun regionga tarqalish ehtimoli tinchlik muzokaralarini tashkil qilishga sabab bo’ldi.
"Agar mojaroga barham berilmasa, oqibati butun arab dunyosi uchun yaxshi bo’lmaydi", - deydi u.
Suriya muxolifatining muloqot yuzasidan fikri bo’lingan. Uning bir qismi Assad hokimiyatdan ketmaguncha, unda qatnashmaymiz, demoqda.
Bugun asosiy muxolif koalitsiya Istanbulda uch kunlik majlis boshlagan. Uning yakunida Assadga qarshi kuchlarning xalqaro anjumanda ishtirok etish rejasi oydinlashadi. Assad yaqinda matbuotga bergan intervyusida saylovlargacha prezidentlikdan ketmayman, degan.