Kurdiston mustaqillik uchun referendumni qoldirmaydi

  • Amerika Ovozi

Mintaqa davlatlari va G'arbdan kelayotgan kuchli bosimga qaramasdan, Kurdiston muxtoriyati 25-sentabrga belgilangan mustaqillik bo'yicha referendumni bekor qilmaydi.

Your browser doesn’t support HTML5

Kurdiston referendumini kechiktirmoqchi emas

Etnik va madaniy jihatdan xilma-xil, bir necha tilda so’zlashuvchi aholidan iborat Kurdiston mintaqasini Yevropa mustamlakachilari XIX-asrning boshlarida Suriya, Turkiya, Eron va Iroq orasida bo'lib yuborgan.

Iroq shimolida yashovchi xalq o’z mustaqil davlati bo’lishini istaydi.

“Menimcha dini, tili, tarixi, madaniyati bir bo’lgan xalq o’z mustaqil davlatiga ega bo’lish uchun referendum o’tkazishga to’la haqli”, - deydi kurdlardan biri Saman Sodiq.

Xalqaro miqyosda referendumni kechiktirish yoki umuman o’tkazmaslikka undayotganlar ko'p. G'arb hukumatlari nazarida “Islomiy davlat” jangari guruhiga qarshi kurash chetda qolib ketadi. Regiondagi boshqa davlatlar, masalan Turkiya ichki nizolar ortishidan, referendum ayirmachi guruhlarni ruhlantirib yuborishidan xavfsiraydi.

“Siyosiy tahlilchilar, qolaversa Iroq hukumati moliyalaydigan qurolli kuchlar Bag’dod va Irbil birdek da'vo qiluvchi hududlarda urush bo'lishi haqida ogohlantirmoqda ”, - deydi kurd partiyalaridan birining faoli Karzan Gardi.

Mustaqil Kurdiston tarafdorlari esa vaziyat qaltis bo'lsa-da, tadbirni qoldirmaslik kerak degan fikrda.

“Referendum o’tib, bizning mustaqil davlat ekanimiz e’lon qilinsa, iqtisodimiz rivojlanadi. Boshqa davlatlar kabi savdo shartnomalarini tuzamiz”, - deydi Kurdiston Demokratik partiyasidan Ari Nanakali.

Xalqaro hamjamiyat kelajakda Kurdiston mustaqilligini qo'llab-quvvatlasa, kurd rahbarlari referendumni kechiktirishga ochiq ekanini ham bildirgan edi. Ammo kurd aholi bu rejaga qarshi.