Saylov yakunlariga ko’ra, Qirg’izistonda siyosiy partiyalarning hech biri mutlaq ko’pchilik ovoz to’play olmagan.
Demak, partiyalar koalitsiya tuzishi kerak bo’ladi. Hozir mana shu mavzuda muzokara ketmoqda.
Parlamentga kirish uchun 5 foizlik dovondan o’tish kerak edi.
Bu ko’rsatkichga yetish uchun jinday - 0,1 foiz ovoz jamg’ara olmagan “Butun Qirg’iziston” partiyasi saylov natijalaridan norozi va ovozlar qayta sanalsin demoqda.
Biroq tahlilchilar 10 oktabrda o’tgan saylovlarni haqiqatan adolatli deb ta’riflamoqda.
Saylov natijasini oldindan bilish mumkin emas edi – bu region uchun misli ko’rilmagan yutuq, deydi kuzatuvchilar.
Amerika Ovozi saylov natijalari va koalitsiya tuzish jarayoni borasida o'shlik tahlilchi Ahmadjon Mahamadjonov bilan suhbatlashdi. Lavhaning audiosini tinglang.