Qirg’izistonda mahbuslar ochlikni to’xtatgan

Qirg’izistonda mahbuslar ochlikni to’xtatgan

Qirg’izistonda mart oxirida minglab mahbus ochlik e’lon qilgan edi. Ular jinoyatchilikka qarshi avj olgan shiddatli kampaniyadan nozori. Xabarlarga ko’ra, mahbuslar isyoni to’xtatilgan.

Bu haqda jazo choralarini ta’minlash xizmati ma’lum qilgan.

Norozilik chiqishlari besh kun davom etgan. Kecha mahbuslarni qo’llab-quvvatlab poytaxt Bishkek va Jalol-Obod shaharlarida ularning yaqinlari piket o’tkazgan.

“Bunday adolatsizlik, haqsizlik, haddan oshishni to’xtatish kerak. Qamoqdagilar ham inson. Hech kimning ularni tahqirlashga haqqi yo’q”, - deydi to’planganlardan biri.

Qamoqdagi ochlik qatnashchilari yetti talabni olg’a surgan.

Qirg’izistonda mahbuslar ochlikni to’xtatgan

Xususan, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida odamlarni yoppasiga hibsga olishlarni to’xtatish, qamoqdagi sharoitni yaxshilash, tibbiy xizmat darajasini ko’tarish, bir umr qamoq jazosiga hukm qilingan odamlarning ishlarini qayta ko’rib chiqish kabi masalalar qo’yilgan.

Qamoqxona xodimlari malakasiga ham e’tiroz bildirilgan.

Turma ma’muriyati mahbuslar bilan muzokaralar olib borgan. Tartibni saqlash borasida qat’iy choralar ko’rilishi ham aytilgan.

Jazo choralarini ta’minlash bo’yicha davlat xizmati boshlig’i Sheyshenbek Bayzaqov o’z bayonotida mahbuslar chiqishlarini hukumatning jamiyatni kriminaldan tozalash harakatiga javobi, deb baholagan.

Mulozim nazarida uyushgan jinoiy dunyo mamlakat tinchini buzishga urinmoqda. Rasmiylar ochlikni tashkil qilishda kriminal dunyoning yirik arbobi Qamchi Kolbayev tarafdorlarining qo’li bor, deb hisoblaydi.

Qirg’izistonda mahbuslar ochlikni to’xtatgan

“Buar maxsus tayyorlangan ssenariy asosida, aniq reja bilan o’tayotir. Kimlardir tomonidan moliyalangan.Jinoyatchilik endi davlatga qarshi borayotir. Siyosatga kirgan va davlat rahbarlarini kriminal dunyo oldida qo’l qovushtirib turishini talab qilmoqda”,- deydi Bayzaqov.

Qirg’iziston bosh vazir o’rinbosari Shamil Otaxanov qamoqda sharoit bir qadar yaxshilanganini ta’kidlaydi. Jumladan, yuvinish xonalari, sport maydonchalari qurilgan.

Qirg’iziston qamoqxonalarida norozilik chiqishlari vaqti-vaqti bilan yuz berib turadi.

Lavhani quyidagi dasturdan tinglang: