Breaking News

O'sh: Yoshlarda kelajakka ishonch qolmadi


Qirg'izistonda yoshlar masalasi bilan shug'ullanish uchun alohida vazirlik tuzilgan. Jamoatchilik nazarida buning o'zi yetmaydi.
Qirg'izistonda yoshlar masalasi bilan shug'ullanish uchun alohida vazirlik tuzilgan. Jamoatchilik nazarida buning o'zi yetmaydi.

O’sh va Jalol-Oboddagi etnik to’qnashuvlar ketidan ko’plar yoshlar xorijga ketgan, qolganlari ham vatanda istiqbol yo'qliqini aytadi.

O’sh shahar yoshlar ishchi qo'mitasi yetakchilikni qo'lga olib, muammolarni hal etish uchun harakat qilmoqda.

“Asosiy kamchiliklar – bilim berish sistemasining sifati, oliy o’quv yurtlarida korrupsiya masalalari, ishsizlik, muhojirlik, bugungi kunda turmush og’irligi. Ushbu muammolarni yechish uchun biz 11 yo’nalishda dasturlar tayyorladik’, - deydi qo'mita yetakchisi Sonunbek Djunusaliyev.

Yozgi qirg'in, undan keyin boshlangan bosim oqibatida minglab yoshlar chet elga ketdi, qolganlari ham shuning dardida.
Yozgi qirg'in, undan keyin boshlangan bosim oqibatida minglab yoshlar chet elga ketdi, qolganlari ham shuning dardida.

Yoshlar tarbiyasi Qirg’izistonda dolzarb muammoga aylangan. Kuzatuvchilar yangi avlod vakillari orasida nafaqat ilim-fanga chanqoqlik kabi ijobiy ko’rinishlar, balki jahldorlik, johillik va millatchilik kabi salbiy sifatlar ham o’sib borayotganini ta’kidlaydi.

O’shlik qirgiz adibasi Salima Sharipova nazarida, yoshlar orasida mehr-oqibat, o’zaro hurmat, odob kabi his-tuyg’ular ozayib ketmoqda. Adibani yoshlarning ayrim qatlamlarida millatchilik kuchayib borayotgani ham tashvishga soladi.

“Bu illat ko’proq 1980-yillar oxirlarida dunyoga kelgan avlod orasida avj olgan. Men bu yoshdagilarning ko’pini “tashlandiq” yoshlar deb hisoblayman. Ular uchun na qonun mavjud, na Qur’on... Ollohni ham tanishmaydi”, - deydi Salima Sharipova.

Odamlar hamon yozgi qirg'in dahshatida. Hayotni tiklash kerak, lekin kelajak haqida biror kafolat yo'q.
Odamlar hamon yozgi qirg'in dahshatida. Hayotni tiklash kerak, lekin kelajak haqida biror kafolat yo'q.

O’tgan yilgi aprel inqilobi ortidan o’sib kelayotgan avlod tarbiyasini qo’lga olish maqsadida rasmiy Bishkek yoshlar ishlari bo’yicha alohida vazirlik ta’sis etgan.

Ayni paytda yoshlarning o’zlari mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida kengroq ishtiroq etish niyatlarini olg’a surayotir va bu borada keng mustaqillikka da’vo qilmoqda.

Janubiy Qirg’izistondagi qator yoshlar qo'mitalari birdamlik, jamoatchilikni jipslashtirish g’oyalarini amalga oshirish rejalarini ishlab chiqqan.

“O’sh shahar meriyasi tomonidan 2011 yil bizning shahrimizda “Tinchlik, do’stlik yili”, deb e’lon qilindi. Biz ham hozir Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNICEF bo’limi yordamida bir necha dasturlarni amalga oshirmoqdamiz. Maxsus klublar ochganmiz. U yerda rus, o’zbek do’stlarimiz ishlashadi. Hozir biz shaharda, qishloqlarda yoshlar kengashlarini tuzayapmiz",- deydi O’sh shahar yoshlar ishlari bo’yicha qomita rahbari Sonunbek Djunusaliyev.

Ilm maskanlari talabga javob bermaydi
Ilm maskanlari talabga javob bermaydi

"Yoshlar bu kengashlarda bir-birlari bilan davomli muloqotda bo’lishadi. Bundan tashqari tumanlarda yoshlar birlashmalarini tashkil qildik. Ushbu birlashmalarning maqsadi – o’zbek, qirg’iz yoshlarini toplab, ularni o’qitish, tolerantlikni o’rgatish. Masalan yoshlar bir darvozadan kirib, y yerda birgalikda saboq olgandan keyin boshqa darvozadan do’st bo’lib chiqishadi. Yaqinda do’stlikka, vatanparvarlikga, intimoqchilikga bag’izshlangan katta festival o’tkazmoqchimiz”, - deydi Djunusaliyev.

Ziyolilar nazarida esa yoshlar tarbiyasida davlat va jamoatchilik ishtiroki o’ta sust.

O’shlik yosh olim, mahalliy universitet muallimi Alisher Yusupov fikricha yangi tuzilgan yoshlar ishlari bo’yicha vazirlik faoliyatida yuzakilik ko’zga tashlanadi.

“Menimcha, ular yoshlar kelajagi meas, ko'proq o’z manfaatlarini o’ylashmoqda. U yerda amal talashish bilan band bo’lishayapti. Birinchidan, davlat tomonidan yoshlar uchun bir g’oya, bir ideologiya ishlab chiqilishi kerak. Sababi g’oya bo’lmasa, intilish bo’lmasa yoshlar tarbiyasini rivojlantirish qiyin bo’ladi. Ikkinchidan, ijtimoiy masalalar yechilishi lozim”, - deydi u.

O'zbek oilalari uchun xavfsizlik birinchi o'rindagi masala
O'zbek oilalari uchun xavfsizlik birinchi o'rindagi masala

So’ngi paytlarda Qirg’izistonda o’zbek yoshlari faolligi pasayib ketgani kuzatiladi.

“Hozirda ko’pchilik yoshlarda kelajakga ishonch qolmadi. Ular cho’kkan holda yurishibdi. Boshqa millatlarga mansub yoshlarni davlat ijtimoiy-siyosiy hayotga faolroq qatnashishi uchun yetarli sharoit yaratib berishi kerak. Davlat tomonidan garantiyalar kerak. Millatlararo nizolarni yo’q qilish uchun davlat kerakli siyosatni yurgizishi lozim”, - deydi Alisher Yusupov.

Turli silsilalardan charchagan Qirg’iziston o’z kelajagi yoshlar tarbiyasiga bog’liqligini yaxshi tushunadi. Ammo bu sohada kamchiliklar, qilinishi darkor ishlar oz emasligi ham barchaga ayon.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG