Latviyada saylovchilar parlamentni tarqatishga ovoz berdi

  • Amerika Ovozi

Latviyada saylovchilar parlamentni tarqatishga ovoz berdi

Bugungi referendumda Latviya ahli parlamentni tarqatib yuborish uchun ovoz berdi.

Xalq noroziligi shundan iboratki, qonunchilik organi korrupsiyaga ko'z yummoqda.

Markaziy saylov komissiyasi hisobiga ko'ra, ovoz berganlarning 95 foizi parlamentning hozirgi tarkibiga qarshi.

Jumladan, Bosh vazir Valdis Dombrovskis. Uning aytishicha, parlamentga qonun ustuvorligini qo'llab-quvvatlovchi arboblar kirishi kerak.

Parlamentni tarqatish bo'yicha referendum tashabbusi may oyida sobiq prezident Valdis Zatlersdan chiqqan edi.

Aksiya qonunchularning deputatlardan biriga korrupsiya bilan bog'liq tergovga to'siq qo'yishiga javob bo'ldi. Yangi saylovlar sentabrda bo'lishi kutilmoqda.