Breaking News

Saylov natijasini iqtisod hal qiladi, lekin tashqi siyosatda ham gap ko’p


Saylov natijasini iqtisod hal qiladi, lekin tashqi siyosatda ham gap ko’p
Saylov natijasini iqtisod hal qiladi, lekin tashqi siyosatda ham gap ko’p

Ishsizlik kamaysa, kompaniyalar daromad ola boshlasa, prezident Barak Obamaning reytingi o’sib boraveradi va ikkinchi muddatga saylanishi mumkin.

Biroq muxolifat bu ish oson emasligini biladi. So’nggi bir oyda Respublikachilar partiyasidan qariyb 10 arbob maydonga chiqdi.

Ular yaqinda Nyu-Gempshir shtatida yig’ilib, qator masalalar bo’yicha o’zaro bahs qildi: iqtisodiy siyosat, byudjet, soliqlar, immigratsiya, chegara nazorati va hokazo. Afg’oniston borasida yangragan fikrlarga to’xtab o’tsak.

Massachusets shtati sobiq gubernatori Mitt Romni reytinglarda safdoshlaridan oldinda. 10 yildan beri davom etayotgan bu urush, deydi u, AQShga dars bo’ldi. Butun bir jamiyatni qayta qurish majburiyatini olish xato bo’lgan.

Saylov natijasini iqtisod hal qiladi, lekin tashqi siyosatda ham gap ko’p
Saylov natijasini iqtisod hal qiladi, lekin tashqi siyosatda ham gap ko’p

“Amerika zobitlari qachon uyga qaytishini siyosat emas, iqtisodiyot ham emas, Afg’onistondagi qo’mondonlar sharoitga qarab belgilasin. Biz shuni angladikki, AQSh o’zga jamiyatlar uchun javobgar emas. Afg’onistonni Tolibon dastidan faqatgina bu xalqning o’zi ozod eta oladi”, - deydi Romni.

2008 va 2004 yilgi prezident saylovlarini yodga oladigan bo’lsak, respublikachi arboblardan shuning aksini eshitganmiz. Ya’ni Tolibonni yengish uchun qancha vaqt sarflasa arziydi, g’alaba qilmasdan qaytish yo’q.

Ammo bugun omma orasida kayfiyat o’zgargan. Ijtimoiy so’rovlardan bilamizki, jamoatchilik urushlardan toqati to’q bo’lgan. Texaslik kongressmen Ron Pol 100 ming sonli qo’shinni hoziroq vatanga qaytarish tarafdori.

“Urush taqdirini Afg’onistondagi harbiylar emas, oliy qo’mondon, ya’ni prezident hal qilishi lozim. Men askarlarni mamlakatdan darhol olib chiqishni buyurgan bo’lardim. Liviya mojarosiga ham burun suqib xato qildik. Yaman va Pokistondagi maxfiy operatsiyalarni tugatish kerak”, - deydi Ron Pol.

Saylov natijasini iqtisod hal qiladi, lekin tashqi siyosatda ham gap ko’p
Saylov natijasini iqtisod hal qiladi, lekin tashqi siyosatda ham gap ko’p

Oq uy va Kongress Liviyaga qarshi harbiy kampaniya yuzasidan tortishib keladi. Ayrimlar nazarida prezident urush vakolatlarini suiiste’mol qilgan.

Prezident poygasiga yaqinda qo’shilgan arbob, konservativ saylovchilar yulduzi Mishel Bakmanning aytishicha, Obama Liviyaga qarshi urushni asoslab bera olgani yo’q. “Bu ham mayli, yetakchilikni Fransiya va Britaniyaga berib qo’ydik”, - deydi u.

Ishsizlik, iqtisodiyot amerikaliklarni eng ko’p o’ylantirayotgan masalalar. Ammo tashqi siyosatda ham gap ko’p.

Vakillar Palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich 2001 yilning 11 sentyabr terror xurujlaridan 10 yil o’tibdiki, razvedkaga e’tibor haliyam sust, Liviya muxolifati safida al-Qoida a’zolari bor-yo’qligini haligacha bilmaymiz, deydi.

Aytib o’tish joiz, AQSh Muammar Qaddafiyga qarshi kurashayotgan isyonchilarga millionlab dollar ko’mak ajratmoqda.

Saylov kampaniyasini kuzatib turgan senator Lindsi Grexem Afg’onistonda shoshma-shosharlikka hojat yo’q, deb kelayotgan qonunchilardan.

Saylov natijasini iqtisod hal qiladi, lekin tashqi siyosatda ham gap ko’p
Saylov natijasini iqtisod hal qiladi, lekin tashqi siyosatda ham gap ko’p

“Afsuski, nomzodlikka da’vogarlardan hech biri g’alaba yoki mag’lubiyat oqibatini xalqqa tushuntirib bermayapti”, - deydi u.

Afg’oniston bobidagi siyosatni belgilovchi omillar ko’p. Omma fikri eng muhimlaridan.

“Hammasi oxir-oqibat natijaga borib taqaladi. Saylovgacha hali bir-yarim yil bor. Bu vaqt mobaynida Afg’onistonda, Iroqda nima bo’lishini hech kim bilmaydi”, - deydi siyosatdon Styuart Rozenberg.

Nomzodlik uchun kurashayotgan respublikachi arboblar o’rtasida ilk debat-munozara tanqidlarga boy bo’ldi. Amerikaliklardan so’rasangiz, bizga mamlakat oldidagi murakkab muammolarni yecha oladigan rahbarga ovoz beramiz, deydi.

XS
SM
MD
LG