Breaking News

Obama tashqi siyosatni eplay olmayapti, deydi respublikachi nomzodlar


Obama tashqi siyosatni eplay olmayapti, deydi respublikachi nomzodlar
Obama tashqi siyosatni eplay olmayapti, deydi respublikachi nomzodlar

Amerikada prezidentlik uchun saylov kampaniyasi qizg’in bir pallada. Kelasi yildan nomzodlarni saralash jarayoni boshlanadi.

Asosiy e’tibor ichki masalalarda – iqtisod, ishsizlik, soliqlar, byudjet va hokazo.

Prezidentlikka yetti respublikachi da’vogar.

Sobiq gubernatorlar – Jon Xantsmen va Mitt Romni Afg’onistondagi missiya va maqsadlar xususida so’z talashmoqda.

“Zobitlarimiz ishni bitirmay vatanga qayta olmaydi”, - deydi Romni.

“Afg’onistonda 100 ming qo’shinga hojat yo’q. Kamaytirish kerak”, - deydi Xantsmen.

Siyosatshunos Jim Karafano deydiki, 2012-yilgi saylovgacha dunyoda hali ko’p narsa o’zgaradi.

Oq Uy
Oq Uy

“Bugun prezident bo’lsangiz nima ishlar qilgan bo’lardingiz, degan savol o’rinsiz. Nomzodlarning shaxsiyati, fe’l-atvorini o’rganish kerak. Oliy qo’mondonlikni eplay oladimi? To’g’ri yo’lni tanlaydimi yoki oson yo’lni?”

Texas gubernatori Rik Perri Eron yadro dasturini to’xtatish uchun sanksiya kuchiga ishonadi.

“Sanksiyalar Eron markaziy bankini nishonga olsa, iqtisod taqa-taq to’xtaydi. Shunda ularning AQSh bilan gaplashmasdan iloji yo’q”, - deydi u.

Yevropadagi ittifoqchilari davlatlar-chi? Axir ular Eron neftiga tayanadi. Vakillar Palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich:

“Qo’shma Shtatlar turli manbalarni o’z ichiga olgan yirik energetik programma bilan chiqsa, zaxirani oshirsa bo’ladi. Yevropa Eronga tobe bo’lmasin desak do’stlarimizga energiyani o’zimiz ta’minlay beraylik. Mening maslahatim shu”.

Prezidentlikka da'vogar respublikachilar - chapdan, Jon Xantsman, Nyut Gingrich va Mitt Romni
Prezidentlikka da'vogar respublikachilar - chapdan, Jon Xantsman, Nyut Gingrich va Mitt Romni

Respublikachi nomzodlar amaldagi tashqi siyosatni tanqid qildi. Vaholanki, prezident Barak Obamaning bu jabhada reytingi yomon emas.

“Chetdan turib tanqid qilish oson. Prezident o’rnida bo’lish, qaror qilish boshqa”, - deydi Jeyms Karafano.

“Hammasiga xalq baho beradi. Puxtaroq rejangiz bo’lsa, eshitaylik. Nomzodlardan hech biri konkret tavsiya bilan chiqqanini ko’rmadim”.

Yangi yildan saylov kampaniyasi yanada qiziydi. Da’vogarlar elakdan o’tkazilib, maydonda bir nomzod qolguncha davom etadi. Va u noyabrda Barak Obama bilan bellashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG