Bugun Boltiqbo’yi mamlakati Latviyada referendum. Fuqarolar rus tili rasmiy bo’lishi kerakmi degan masala yuzasidan ovoz berdi.
Davlat tili latish, lekin ruscha ikkinchi til bo'lin deyayotganlar bunga erishish qiyin ekanini tan oladi. Rus va latish aholi orasida bu borada keskinlik kuzatiladi.
Markaziy saylov komissiyasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, dastlabki hisoblar rus tili rad etilganini ko'rsatmoqda. Ovozlarning 80 foizi sanab bo'lindi, ularning 75 foizi "yo'q" deb javob bergan, deya bildiradi komissiya.
“Rus tili rasmiylashsa, biz singari odamlar sal yengil nafas olgan bo’lar edik”, - deydi u.
“Ba’zi latishlar bizning bu yerdan ketishimizni istar, ammo qayoqqa? Kindik qonimiz shu yerda to’kilgan”.
Lekin ko’plab latishlar nazarida ruslar shu bahona bilan o’z tili va madaniyati ta’sirini saqlab qolmoqchi. Elati kim bo’lishidan qat’iy nazar bu mamlakat fuqarosi birinchi navbatda latish tilini bilsin, deydi ular.
Rus tili rasmiy deb qabul qilinsa, vaziyat o’rgarmaydi, odamlar buni bahona qilib, latishchani o’rganmaydi, deydi Andreys Salaks.
Latviya 2,1 million aholiga ega. Uning uchdan bir qismi ruschada gaplashadi. Bugungi referendumda ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 70 foizdan ortig'i qatnashgan.
Ko’pchilik “da” deb javob berganida, hukumat ham latish, ham rus tilida ishlay boshlagan bo'lar edi.
Javob “net” ekan, nafaqat rus aholi balki Rossiya bilan aloqa yanada taranglashishi mumkin.