Liviyada 42 yillik rahbar Muammar Qaddafiyni taxtdan ag’dargan qo’zg’olonga bir yil to’ldi.
Namoyishlar beshigi sanalgan Bing’ozida, shuningdek, poytaxt Tripoli va boshqa shaharlarda shu munosabat bilan xalq kechadan beri bazm, shodiyonaga cho’mgan.
Liviya yangi rahbariyati urushda o’lgan minglab fuqaroni xotirlab, talofatdan hali o’zini o’nglab olmagan oilalarga hurmat tariqasida bu kunni rasman bayram deb e’lon qilmagan edi.
Hali ham beqaror mamlakat Qaddafiydan keyin birinchi, erkin o’tishi kutilayotgan saylovga tayyorgarlik ko’rmoqda.
Aksariyat fuqarolar inqilobdan va erishilgan yutuqlardan mamnun, biroq sobiq vazur Ali al-Tarxoniy oldinda qilinadigan ishlar talay, deydi.
Namoyishlar o’tgan yilning fevralida boshlanib, avgustda Qaddafiy Tripolidan qochishga majbur bo’lgan. U ona shahri Sirtada oktabr oyida muxolifatchilar qo’lidan o’ldi.