O’tgan bir asr davomida Amerika harbiy xizmatlari tarkibi ancha o’zgardi va bunda e’tibor xotin-qizlarga qaratilgani yaqqol ko’rinadi.
Your browser doesn’t support HTML5
39 yoshli Ofa Jonson Dengiz piyoda qo’shinlaridagi ilk ayol bo’lgan. U Birinchi Jahon urushi davrida, hali amerikalik ayollarda ovoz berish huquqi bo’lmagan paytlarda dengiz kuchlari safida edi.
Oradan bir asr o’tib ko’p narsa o’zgardi. Ayollar ovoz berishi, janglarda qatnashishi mumkin. Ayni damda Dengiz qo’shinlarining sakkiz foizi xotin-qizlar. 14 ming ayol turli harbiy lavozimlarda ishlaydi.
“Ayollar 100 yillar avval kotiba kabi vazifalarda ofisda, ichkarida ishlagan. Endi esa birinchi harbiy ayol ofitser bor. Nimalarga qodirligimizni, irodamizni ko’rsata oldik. Menimcha, biz boshlagan ishlar boshqa ayollarni ham xizmatga jalb qiladi, ular ham uddasidan chiqishadi”, - deydi AQSh Dengiz piyoda qo’shinlarining zaxiradagimayori Jastin Deyvi.
General-leytenant Loretta Reynolds 1986-yildan beri xizmatda. U sezilarli o’zgarishlar ko’rayotganini aytadi.
“Dengiz xizmatida bo’lsak-da, kemaga chiqolmasdik, ucholmasdik. Endi esa hech qanday qarshilik, cheklovlar yo’q. Bizgacha xizmat qilgan ayollar yaxshi natijalar ko’rsatgani bizga yo’l ochdi”, - deydi u.
Reynolds elektron to’qnashuvlar, razvedka signallari va umuman kiber ma’lumotlarlar bo’yicha komissar o’rinbosari.
Lekin o’zgarish faqatgina mas’uliyatli lavozimlarni egallashda emas. Masalan, Yuki Minami dengiz xizmatiga osiyolik ayollarni ham jalb qilish maqsadida 2009-yilda qo’shilgan.
“Ularni, ayniqsa, yoshlarni xizmatda ko’rib quvonaman. Kelganimda hozirgiday turli irq va millat vakillari ko’p emas edi. Xuddi tarix, bugungi kun va kelajakka guvoh bo’layotgandaymiz”, - deydi u.
Dengiz piyoda qo’shinlari darvozalari ayollar uchun ochiq bo’lsa-da, qiyinchiliklar bor. Qo’shilish mehnat talab qiladi.
“Muhimi qo’llab-quvvatlash, ularga kerakli trening, imkoniyat berish kerak. Bu esa xotin-qizlarni chiniqtiradi, ularning xizmatga qanchalik tayyor yoki yaroqli ekanini ko’rsatadi. Eplagani boshqarsin ham”, - deydi General Reynolds.