Mumbayda chorshanba, 13 iyul kuni ro’y bergan portlashlarda o’lganlar soni 19 nafarga yetdi. 130 kishi og’ir ahvolda.
Tergov ishi davom etmoqda, kim ayblanayotgani haqida politsiya hali og’iz ochgani yo’q.
Biror guruh jinoyat uning ishi ekanini tan olmagan.
Shunisi aniqki, deydi rasmiylar, bu terror xuruji bo’lgan. Mumbay Hindistonning moliyaviy markazi, shu bilan birga uyushgan jinoyatchilik keng qanot yozgan maskan.
Portlash ularning ishi ham bo’lishi mumkin degan taxminlar bor.