Birmaga qo’yilgan ayrim sanksiyalar yumshatiladi

  • Amerika Ovozi

Birmada oy boshida kechgan parlament saylovlarida muxolifat yetakchisi, Nobelning Tinchlik bo'yicha mukofoti sohibasi Ang San Su Chiyninh partiyasi g'olib bo'ldi. Bu kichik fraksiya o'ta faol bo'lishi kutilmoqda. Saylov xolis va adolatli o'tgani Birma uch

Qo’shma Shtatlar Birmaga, islohotlarga yuz tutayotgan mamlakatga qo’ygan ayrim jazo choralarini yumshatmoqda.

Davlat kotibasi Xillari Klintonning aytishicha, Vashington yaqinda Birmaga elchi tayinlaydi, mamlakatda yordam dasturini ta’sis etadi. Shuningdek, Amerikaning qator xususiy tashkilotlariga bu yurtda taraqqiyot loyihalari yuritishga ruxsat berilishi mumkin; Birma rahbariyatidagi ba’zi mulozimlar AQShga safar qiladi.

Bundan tashqari, Amerika moliyaviy va sarmoya cheklovlarini yengillatib, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishga yo’l berishi kutilmoqda.

“Biroq Birmada hali qilinadigan ishlar ko’p. Inson huquqlari, siyosiy mahbuslar taqdiri, fuqaro erkinligi, elatlararo adovat kabi sohalarni yaqindan kuzatishda davom etamiz”, - dedi Klinton.

Osiyoning eng nochor vakillaridan biri, uzoq yillar repressiya ostida yashagan Birmada o’tgan hafta parlament saylovlarida muxolif partiya g’alaba qozongan. Jarayon xolis va adolatli deb e’lon qilingan.