AQSh fazo agentligi Marsga yangi tadqiqot missiyasini jo'natdi. NASA tarqatgan ma’lumotga ko’ra, “Maven” orbital apparat dushanba kuni Floridadagi kosmodromdan samoga uchgan. U qizil sayyoradagi atmosfera va iqlimni tekshirishi ko'zda tutilmoqda.
“Maven” kemasidan sakkizta maxsus qurilma o’rin olgan. Marsgacha bo’lgan safar jami sakkiz oyni tashkil etib, hammasi joyida bo'lsa, kema manzilga keyingi yilning sentabr oyida yetib boradi.
NASA shu kungacha Marsga 20 marta ekspeditsiya uyushtirgan. Shulardan 14 tasi muvaffaqiyatli chiqqan. NASA bosh mutaxassisi Maykl Meyerning aytishicha, navbatdagi tadqiqot milliardlab yillar ilgari iliq va nam bo’lgan Mars atmosferasining nega bugun sovuq va quruq planetaga aylanib qolganini tekshiradi.
“Bir paytlar Mars mikrojonzotlar yashashi mumkin bo’lgan muhitga ega edi. Bugun esa u quruq va sovuq sayyoraga aylangan. Biz aynan nima yuz berganini o’rganmoqchimiz”, - deydi u.
NASA ma’lumotiga ko’ra, “Maven” Mars atmosferasini o’rganishga mo’ljallangan birinchi fazo kemasidir. Ilgari yuborilgan qurilmalardan, asosan, sayyora yuzasini o’rganishda foydalanilgan.
Shu oy boshida Hindiston ham samoga o’z missiyasini jo’natdi. Hind mutaxassislari Marsda metan gazi bor-yo’qligini tekshirmoqchi. Agar gaz borligi aniqlansa, sayyorada bir paytlar jonli mavjudotlar yashagani haqidagi ehtimollarga javob topilishi mumkin.
NASAning yangi tadqiqotini moliyalash 671 million dollarga tushgan.