NATO, Shimoliy Atlantika bloki moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan Afg’onistonni dushmanga topshirib qo’ymoqchi emas. Rejaga ko’ra, Qo’shma Shtatlar va ittifoqchilar 2014-yil oxirigacha mamlakatni tark etishi kerak.
Xorij qo’shinlari ketgach, afg’on armiyasi va politsiyasini qo’llab-quvvatlab turish uchun qancha pul kerakligini muhokama qilayapmiz, deydi NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bugun Belgiyada harbiy alyans tashqi ishlar va mudofaa vazirlari uchrashuvida.
Alyans rahbari afg’on hukumatini parokanda qilmoqchi bo’lgan kuchlarga murojaat qilib, mahalliy armiya qudrati oshib bormoqda, NATOning o’rnini bosa oladi ular, deya ogohlantirdi.
Afg’oniston rahbari Hamid Karzay kechagi chiqishida xavfsizlik tizimi uchun Qo’shma Shtatlardan yiliga 2 milliard dollar so’ragan edi.
Hozir mamlakatda qariyb 130 ming kishilik xalqaro koalitsiya bor. Avstraliya Bosh vazirasi Juliya Gillard kecha o’z qo’shinlarini avval ko’zlanganidan bir yil erta, 2013-yil oxirigacha olib chiqishini ma’lum qildi.