Obama irqchilikka qarshi nimalar qildi?

  • Amerika Ovozi

Amerikada so'nggi qonli g'alayonlar Obamaning merosi, irqchilikka qarshi kurashdagi roli haqida munozaralarni avj oldirdi.

O'tgan hafta Amerikada irqchilik kayfiyati va bu bilan bog'liq qurolli hujumlar yurtni larzaga soldi. Xo'sh, ilk qora tanli rahbar Barak Obama irqiy ziddiyatni yechish uchun nimalar qildi, qanday yechimlar bilan chiqdi?

Oxirgi otishmalar bot-bot mobil telefonlarda videoga olinib ijtimoiy tarmoqlarga joylanmoqda. Natijada muammo naqadar dolzarb ekani tobora ayon bo'lib borayapti, deydi Obama.

"Adliya, huquq-tartibot tizimimizda irqchilik jiddiy illat ekanini isbotlovchi dalillar yetarli", - deydi prezident.

So'nggi qonli g'alayonlar Obamaning merosi, irqchilikka qarshi kurashdagi roli haqida munozaralarni avj oldirdi. Prezident buni tarix ko'rsatadi, deydi. Biroq qizlarim uchun bu yurt istiqboli yorug' ekaniga shubham yo'q, deydi u.

"Hamisha chin dildan, haqiqatni so'zlab keldim. Jamiyatdagi barcha muammolarni hal qila olmasdirman, lekin dolzarb masalalarni ko'tardim, yechimlarni olg'a surdim, deb o'ylayman", - deydi Obama.

Prezident bugun, seshanba kuni Dallasga, o'tgan hafta namoyishlar va otishmalarga sahna bo'lgan shaharga boradi.

AQShda motam va norozilik namoyishlari davom etmoqda

Dallasda besh politsiyachi otib o'ldirildi