Breaking News

Dallas fojeasi ortidan yangi bahslar: hayot barcha uchun qadrli


Politsiya zo'ravonligi va ayirmachiligiga qarshi o'tkazilgan Dallasdagi namoyish besh politsiyachining o'limi bilan tugagach, irqchilik, politsiya adolatsizligi va inson qadri haqidagi tortishuvlar yanada kuchaydi. "Amerika Ovozi" munozaraning har ikki tomonida turganlar bilan suhbatlashdi.

"Qora tanlilar ham odam" harakatiga mansub navbatdagi namoyish fojea bilan tugadi.

Nima sodir bo'lgani hali aniqlanmasdan turib, ijtimoiy tarmoqlar qoralar, ko'klar, ya'ni formadagilar va hammaning hayoti qadrli degan chaqiriqlar bilan to'ldi.

Bu esa mavzu bo'yicha mamlakatdagi bahslarni kuchaytirdi.

Prezident Barak Obama xalqni birdam bo'lishga undamoqda.

"Qoralar ham odam, deganda hammaning hayoti aziz deyishmoqchi", - dedi AQSh rahbari.

So'nggi namoyishlarga umr yo'ldoshi politsiya tomonidan otilgan ayolning voqeani ijtimoiy tarmoq orqali jonli uzatishi sabab bo'ldi.

Ayrimlarga ko'ra, oxirgi voqealar qora tanlilar harakatini susaytirishi mumkin.

"Bu harakatning maqsadi hamma insonlar hayoti teng ekanini ko'rsatish", deydi professor Greg Kar. U bu harakatdan maqsad bir guruhni ikkinchisidan baland qo'yish emas, balki tengsizlikka e'tibor qaratish ekanini aytadi.

"Jamiyatdagi zaiflarga hujum qilsangiz, nafaqat ularning insonligiga, balki boshqa barcha, xususan, o'zingizning ham insoniyligingizga putur yetkazasiz. Chunki siz insoniy qadriyatlarning bir qismisiz", - deydi u.

"Bu nafaqat boshqa irqdagilarni qo'llab-quvvatlash va himoya qilish, balki Amerika politsiyasida nimadir noto'g'ri ekanini ko'rsatish uchun ham qilinyapti. Biz buni o'zgartirishimiz kerak", - deydi politsiya tashkilotlari assotsiatsiyasidan Uilyam Jonson.

Jonsonning aytishicha, bu harakat mamlakatni bo'ladi va politsiyaga qarshi zo'ravonlikni kuchaytiradi.

"Ko'klar ham odam, degan harakatning ajoyib tomoni shundaki, bu rang formani ifodalaydi, siz politsiyachisiz. Hayotingiz qadrli", - deydi u.

Politsiyachilar orasidagi munozara faqat qoralar va ko'klar haqida emas.

"Siz faqat shu ko'k formani kiyayotganingiz uchun hayotingizni boy berdingiz. Bundan boshqa sabab yo'q edi", - deydi sobiq politsiyachi.

Ed Harder masalani yaxshi tushunadi, chunki o'zi ham politsiyachi bo'lgan. Rangning ahamiyati yo'q, deydi u.

"Hayot bu hayot. Oldidagi sifatni unuting. Ko'k, jigarrang, qora, farqi yo'q. Har qanday inson hayoti qadrli", - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG