Pokistonda "Save the Children" - bolalar huquqlari uchun kurashuvchi gumanitar tashkilot idorasi yopilgan.
Rasmiylar bu insonparvarlik tashkilotini Pokistonga qarshi amaliyotda gumon qilayapti.
Islomoboddagi ofis yopilgani, chet ellik xodimlarga mamlakatni tark etish uchun 15 kun muhlat berilgani ma'lum.
Pokistonda 35 yil ishlagan "Save the Children" tashkiloti ayblovlarni qat'iyan rad etayapti.
Tashkilot aynan nima ayb ish qilgani aytilmayapti.
Bir necha yil oldin Pokiston razvedkasi bu guruhning xodimini al-Qoida rahbari Osama bin Ladenni topishda AQSh maxfiy xizmatiga yordam bergan pokistonlik shifokorga aloqadorlikda ayblab, mamlakatni tark etishga majbur qilgan edi. Tashkilot bu ayblovni ham rad etgan edi.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5