Pokistonda yuz bergan so’nggi terror xurujlari Afg’oniston bilan chegaradosh hududlarda yashiringan jangarilar hamon katta kuchga ega ekanini isbotladi. Al-Qoida bilan aloqador bu guruhlarda chet ellik, xususan Markaziy Osiyo va Kavkazdan chiqqan jangarilar va ularning Afg’oniston yoki Pokistonda ulg’aygan farzandlari borligi ma’lum.
Tahriki Tolibon Pokiston (TTP) deb nomlangan harakat bugun hukumatga qarshi kurashayotgan asosiy to’da. Karachi xalqaro aeroportidagi hujumda 38 kishi o’lgan, jumladan 10 jangari.
Harakat vakili Shahidulla Shahid deydiki, Karachidagi xuruj - o’tgan yilning noyabr oyida AQSh droni orqali o’ldirilgan Hakimulla Masud, Tolibon yetakchisi, uchun qasos. Islomobod AQSh bilan hamkorlikda “bizdek begunoh insonlarni qiraversa, biz ham qo’l qovushtirib o’tirmaymiz”,- deydi Shahid.
Karachi aeroporti bejiz portlatilmadi, deydi tolib. Amerikaning Afg’oniston va Pokistonda olib borayotgan harbiy harakatlarida zarur vositalar bu inshoot orqali kirib keladi, deydi Shahid. Haqiqatan shunday. AQSh va NATO yuklarining katta qismi Karachi aeroporti va portidan olib o’tiladi.
Pokiston hukumati Tolibon bilan, xususan, uning mo’tadil doiralari bilan tinchlik muzokarasi olib borayotgan edi. So’nggi xuruj sabab ular to’xtatilishi mumkin.
Rahimulla Yusufzoy - keksa jurnalist va Tolibon faoliyati bilan yaqindan tanish ekspert. Harakat bilan murosa qilinishi kerak degan fikr omma orasida keng tarqalgan, deydi u. Biroq aeroportdagi singari xurujlar jamoatchilikda jangarilarga qarshi nafratni oshirib, hukumat ular bilan gaplashmasin, baribir foyda bo’lmaydi degan qarashni kuchaytiradi, deydi mutaxassis.
“Hukumat nima qiladi endi, bilmaymiz. Harbiylar murosaga ishonmaydi”, - deydi said Yusufzoy.
Pokiston Toliboni tarqoq harakat va oxirgi paytlarda parchalangan, mayda guruhlarga bo’lingan. Lekin Karachidagi keng ko’lamli operatsiya ular hamon qudratdan qolmaganini ko’rsatdi. Mamlakatning eng mahkam aeroportiga bostirib kirishdi, ulkan zarar keltirishdi.
Terrorizmga qarshi kurash tahlilchilari nazarida Tolibon, ko’p hollarda, murosa haqida gapirib, hukumatlarni avraydi va bu vaqt mobaynida mana shunday yirik xurujlar rejalaydi. Harakat parchalandi degan ma’lumotlar ham ataylab tarqatiladi, zaif ko’rinish orqali ular hukumat e’tiborini chalg’itadi, deydi xavfsizlik masalalari bo’yicha mutaxassis Shahzod Chodriy.
“Muzokara stoliga kelgan tomon o’z maqsadiga ega. Ular o’z manfaatini ko’zlaydi, qarshi tomon maqsadiga yetmasligi uchun qo’ldan kelganini qiladi. Tolibon bilan muzokaralar va murosa umidi bunga yaqqol misol”,- deydi Chodriy.
Aeroportdagi xurujni amalga oshirganlar, jumladan o’lgan jangarilardan bir nechasi o’zbek bo’lishi mumkin degan taxminlar bor. Manba – Pokiston harbiy qo’mondonlari.
Islomobod rasmiylari va zobitlari oldin ham ko’p marta turli hujumlardan keyin o’xshash bayonotlar bilan chiqqan.
O’zbekiston Islomiy Harakati va Islomiy Jihod Ittifoqi singari terror guruhlari bugun qanchalik katta ekani haqida aniq ma’lumot yo’q, lekin ular Afg’oniston va Pokistonda hamon faol ekanini biror ishonchli tomon inkor etmaydi.
Your browser doesn’t support HTML5