Pokiston parlamentining milliy xavfsizlik bo’yicha qo’mitasi Qo’shma Shtatlardan bu davlat hududida pilotsiz samolyotlari hujumlarini bas qilishni talab qilmoqda.
Shuningdek, deya bildiradi bu qo'mita, o’tgan yil noyabr oyida 24 pokistonlik askarning o’limiga sabab bo’lgan NATO havo hujumi uchun uzr so’rashi shart.
Ushbu organga AQSh bilan aloqalarni ko’rib chiqish yuklangan edi. Hisobot kecha parlament palatalarining qo’shma majlisida taqdim etildi.
Vashingtonda ayrim qonunchilar Pokiston parlamenti qo’mitasining xulosasiga parvo qilmaslikka chaqirmoqda. Xususan, mustaqil senator Jo Libermanning aytishicha, AQShning Pokiston hududidagi havo hujumlari Amerika xavfsizligi uchun muhim va ularni to’xtatmaslik kerak.
Senat razvedka qo’mitasi raisasi Dayan Feynshtaynning aytishicha, Pokiston afg’on chegarasidagi terrorchilar va radikal jangarilarga qarshi kurashda yetarlicha shijoat ko’rsatmayapti, shu bois Qo’shma Shtatlar havo hujumlaridan voz kechmasligi kerak.