NATOning bugun bildirishicha esa, Putinning buyrug’i ketidan askarlar hali joyidan jilmagan.
Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukraina bilan chegara yaqinidan o’z askarlariga bazalarga qaytishni buyurdi. Kreml bu haqda bugun rasman bayonot berdi.
Shu hafta oxirida Ukrainada prezident saylovlari o’tishi kerak. G’arb mamlakatlari chegarada Rossiyaning o’n minglab harbiylari turganidan norozi ekanini yashirmayotgan edi.
Kreml Qrim bilan bo’lgani kabi Ukrainadan boshqa yerlarni ham tortib olmoqchi degan xavotir kuchli.
NATOning bugun bildirishicha, Putinning buyrug’i ketidan askarlar hali joyidan jilmagan.
Kreml, o’z navbatida, Ukraina hukumatidan sharqiy oblastlardagi harbiylarini olib ketishni talab qilmoqda.
Ukraina armiyasi sharqda Rossiyaga moyil bo’lginchilar bilan olishib keladi. Ayirmachi bu guruhlar o’zini Kiyevdan mustaqil deb e’lon qilib, Rossiyaga qo’shilish istagini bildirgan.
Qo’shma Shtatlar va Yevropadagi ittifoqchilar Moskvani yangi sanksiyalar haqida ogohlantirayapti.
Yakshanba kungi prezident saylovlariga halaqit bersa, Rossiyaga qo’yilgan iqtisodiy sanksiyalar oshiriladi.