Bugun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o'zining an'anaviy yillik matbuot anjumanini o'tkazdi.
Uch yarim soat davom etgan tadbirda davlat rahbari mamlakatning hozirgi iqtisodiy qiyinchiliklari vaqtincha ekanini aytib, vaziyat ikki yilda yaxshilanadi, rublning qiymati yana oshadi, deya ishontirishga urindi.
Agar tashqi omillar yaxshilansa, iqtisodiyot tezroq tuzaladi, dedi u. Putinga ko'ra, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash uchun yetarli valyuta zaxiralari bor.
Bugun rublning dollarga nisbatan qiymati bir oz yaxshilangan.
Putinning aytishicha, Ukrainadagi voqealar sabab Rossiyaga G'arb tomonidan qo'yilgan sanksiyalar hozirgi moliyaviy inqiroz sabablarining 25-30 foizini tashkil etadi.
"Ukraina yaxlit bo'lib qolishiga umid qilamiz, mojaroni muzokaralar orqali hal etish zarur", - dedi Putin.