Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasining O’zbekiston turmalariga qatnamaslik qaroridan mahalliy faollar afsusda. Ular nazarida bu bilan qamoqlardagi vaziyat yanada og’irlashishi mumkin.
Muxolifatdagi Dilorom Is’hoqova qamoqxonadagi vaziyatni, xususan, siyosiy mahbuslar taqdirini bilvosita kuzatib kelayotgan faollardan biri.
“Qizil Xoch o’z missiyasini to’xtatib to’g’ri qildi demayman. To’g’i, siyosiy mahbuslar, e’tiqod mahbuslari yoki qiynoqqa solingan mahbuslar ulardan yashirib kelinayotgan edi. Lekin boshqa mahbuslarga ham tashkilotning ozmi-ko’pmi yordami tegib kelayotgan edi. Qizil Xoch sabab ularning ko’pi yaxshiroq tibbiy yordam olayotgan edi”, - deydi Is’hoqova.
Qizil Xoch “Amerika ovozi” bilan suhbatda o’z qarorini mamlakatda ishlash uchun imkoniyat yo’qligi bilan izohladi. O’zbekiston hukumati avvaliga xalqaro tashkilot faoliyatiga rozilik bergan bo’lsa-da, keyinchalik tashkilot vakillarini turma sharoitlari bilan tanishishi, mahbuslar bilan ushrashib, suhbatlashishiga doim to’sqinlik yaratib kelgan.
Is’hoqovaning aytishicha, O’zbekistonda inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlar deyarli qolmadi, mahbuslar huquqlari bilan bog’liq vaziyat esa o’ta og’ir.
“Bugun O’zbekiston qamoqxonlari mahbuslarga liq to’la. Albatta biz birinchi navbatda siyosiy-diniy mahbuslarni eslaymiz. Lekin u yerda har qanday modda bilan o’tirgan jinoyatchi ham Qizil Xochning beminnat yordamidan foydalanishga haqli. Qizil Xoch keladi degan kuni mahbuslarning qorni yaxshiroq to’ydirilardi, ularga zarur narsalar tarqatilardi, hatto qish kunlari 40 yillik eski ko’rpalarga o’ralib yotgan mahbuslarga yangi qalin ko’rpalar tarqatishgan”, - deydi Is’hoqova.
O’zbekiston qamoqxonalari, ayniqsa, qiynoqlar muntazamligi, siyosiy mahbuslar ko’pligi bilan xalqaro jamoatchilik e’tiborini tortgan, biroq hukumat bu haqda ma’lumot berishni istamaydi.
Faollarning aytishicha, siyosiy va diniy mahbuslar taqdiri mavhum, ayrimlarining, jazo muddati tugashiga qaramasdan ozod etilishi gumon, ular qamoqdayoq qayta-qayta sudlanmoqda.
“Murod Jo’rayev qamoqda 19 yil qiynaldi, chiqishiga sanoqli kunlar qolganda yana unga 3,5 yil qo’shib berishdi. Biroz o’tib Mamadali akaga ham shunday qilindi. 14 yillik qamoq jazosi o’tab bo’lingan joyda yana uch yil qo’shib berishdi. U kishi hozir 72 yoshda, sog’ligi mutlaqo yomonlashgan, yurak xurujini boshdan kechirdi, qamoqda zo’rg’a yuribdi. Dunyo bo’ylab ularni ozod etish so’ralishiga qaramasdan, bizning rahbarlarga baribir. Ba’zan, nahotki ular bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan deb qo’rqaman ”, - deydi huquq faoli.
10 yil avval BMT ning qiynoqlar bo’yicha sobiq mas’uli Teo van Boven O’zbekiston turmalarida ahvolni o’rgangan va mamlakatda qiynoqlarning muntazam qo’llanishi haqida xulosa bergan edi.
Shundan buyon O’zbekistonda qiynoqlarga oid vaziyat bo’yicha biror xalqaro tekshiruv o’tkazilmadi, BMTning bu boradagi murojaatlarini Toshkent rad etib keladi.

Your browser doesn’t support HTML5