Moskvada qirg’izistonlik muhojirlar uchun konsultatsiya markazi ochildi. Idora Rossiyadagi qirg’iz jamoasining vatandoshlarni qo’llab-quvvatlash loyihasi doirasida faoliyat yuritadi, turli masalalarda tezkor ko’mak va maslahat beradi.
Konsultativ markaz rahbari Asilbek Egamberdiyevning aytishicha, bu ijtimoiy loyiha bo’lib, Umumrossiya qirg’iz kongressi tashabbusi bilan amalga oshirilayotir.
“Ko’ramiz, ishlar qanday ketishini. Bunday markaz juda zarur edi. Biz Qirg’izistonning Rossiyadagi elchixonasi, Ichki ishlar vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasi, Rossiya Muhojirat xizmati hamda Muhojirat bo’yicha xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda ishlamoqdamiz”, - deydi u.
Turli ma’lumotlarga binoan, hozirda Rossiyada 400 mingdan 1 milliongacha qirg’izistonlik faoliyat ko’rsatadi. Ko’pchiligi ishga joylashish, o’z huquqlarini himoya qilishda turli muammolarga uchraydi.
Markaz aynan joylardan kelayotgan savol va shikoyatlarni tezda ko’rib chiqish va yordam berish yo’llarini qidiradi.
Asilbek Egamberdiyev tushayotgan savollarni to’rt kategoriyaga bo’ladi.
“Bu huquqiy yordam, legalizatsiya, ya’ni ahvolini qonuniylashtirish, ishga joylashish va nihoyat tibbiy yordam olish. Markazimiz tushayotgan savollarni umumiylashtirib, kerakli tashkilotlarga yo’llaydi”, - deydi suhbatdosh.
Markaz xodimlari ertadan kechgacha Rossiyaning turli burchaklaridan kelayotgan savol va murojaatlarni qayd qilib boradi. Yaqin kelajakda navbatchilar kunu-tun ishlashi ko’zda tutilmoqda.
Konsultatiya markaziga tushayotgan axborot asosida muhojirlarning muhtojliklari, o’y-fikrlari o’rganiladi. Bu o’z navbatida turli ziddiyatlarni oldini olishga xizmat qiladi, deyilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, ushbu loyiha muhojirlar turmushini yaxshilashga qaratilgan. Boshqa ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ham foyda berishi mumkin.
“Fursatdan foydalanib, men Qirg’zistondagi turli idoralarni hamkorlikka chorlamoqchiman. Chunki muhojirlarning hayotini yengillashtirish, ularning muammolarini yechish barchamiz uchun zarur masala”, - deydi Asilbek Egamberdiyev.
Your browser doesn’t support HTML5