AQShning Yevropada raketaga qarshi mudofaa tizimidan norozi Rossiya yangi turdagi raketalarini tizim o'rnatiladigan yo'nalishlarga qaratib qo'ymoqchi.
Prezident Dmitriy Medvedevning aytishicha, Qo'shma Shtatlar rejasidan qaytmasa, Rossiya shunday qilishga majbur bo'ladi. Rossiya Kaliningrad shahrida AQSh mudofaa tizimi hujumi haqida ogohlantiruvchi radiolokatsion sistema o'rnatmoqchi. Harbiylarga mudofaa tizimining axborot va nazorat vositalarini yo'q qilish choralarini ishlab chiqish buyurilgan.
Qo'shma Shtatlar tizim Yevropani Eron va Shimoliy Koreyaning ehtimoliy hujumidan himoya etish uchun kerak desa, Rossiya sistemaning uning sarhadlariga bunchalik yaqin bo'lishini o'ziga tahdid deb biladi.
Murosa tarzida Kreml AQSh tizimini birgalikda boshqarishni taklif qilgan, ammo NATO bunga qarshi.
"Qo'shma Shtatlar Rossiya xavotirini inobatga olmay rejasidan qaytmasa, Amerika bilan imzolangan qurollar nazoratiga doir barcha bitimlardan chiqishga majbur bo'lamiz", - deydi prezident Medvedev.