Rossiyadagi Olimpiya o’yinlariga hujum rejasi aniqlandi

  • Amerika Ovozi

Sochi musobaqalarga tayyorlanmoqda

Rossiya xavfsizlik xizmati 2014-yilgi qishki Olimpiya o’yinlari paytida jangarilar xuruj rejalagani va fitna fosh etilganini aytmoqda.

Musobaqalar Qora dengiz bo’yidagi Sochi shahrida o’tadi.

Terrorizmga qarshi kurash qo’mitasining bildirishicha, Abxaziyada so’nggi reyd paytida raketalar, granata va boshqa portlovchi moslamalar aniqlangan.

Bari 2012-2014-yillar oralig'ida Sochiga jo'natilishi hamda bellashuvdan oldin va keyin terror amaliyotlari uchun qo'llanishi kerak bo'lgan.

Abxaziya Sochiga yaqindir.

Xuruj rejasi boshida chechenistonlik isyonchilar yetakchisi Doku Umarov turgani taxmin qilinmoqda.

Prezident Vladimir Putin Olimpiya o'yinlari Rossiya nomi va nufuzini mustahkamlaydi, deya umidvor.

Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi Sochiga doir bu xabarga alohida to'xtalmasa-da, xavfsizlik ustuvor vazifa, demoqda.