G’arb va Qo’shma Shtatlar samolyotning urib tushirilganida Ukraina sharqidagi isyonchilarni ayblar ekan, Rossiya AQShdan bunga doir isbotini taqdim etishni talab qilmoqda. Rossiya mudofaa vaziri o’rinbosari Anatoliy Antonovga ko’ra, Qo’shma Shtatlar isyonchilarning aybini isbotlovchi dalilni, sun’iy yo’ldosh orqali tushirilgan tasvirlarni ko’rsatishi shart.
G’arb Rossiyani isyonchilarga “Buk” raketa tizimini uzatganlikda ayblamoqda.
Prezident Petro Poroshenko samolyot qulagan joy atrofida harbiy harakatlar bo’lmaydi deyishiga qaramay isyonchilar bilan janglar davom etmoqda. Kecha Ukraina harbiy-havo kuchlariga qarashli ikki qiruvchi samolyot urib tushirilgan.
Avstraliya va Niderlandiya Ukraina sharqida Malayziyaga qarashli Boing samolyoti qulagan joyni qo’riqlash uchun politsiya kuchlarini yubormoqchi.
Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbotning aytishicha, Avstraliya va Niderlandiya tashqi ishlar vazirlari rejani muhokama qilish uchun Kiyevga boradi. Politsiya kuchlari BMT vakolati bilan ish yuritadi.
Urib tushirilgan samolyotdagi odamlarning jasadlari Gollandiyaga yuborilmoqda. Jami 298 kishi halok bo’lgan. Shulardan 193 nafari Gollandiya fuqarolari.