"Sendi" AQShda o'nlab odamni hayotdan olib ketdi

  • Amerika Ovozi

Nyu-Yorkdagi Kvins rayoni, Sendi dovuli oqibatida vujudga kelgan yong'inda 80 uy yonib, kulga aylandi, 30-oktabr, 2012-yil.

Nyu-York va Nyu-Jersi AQShda Sendi dovulidan eng katta zarar ko’rgan shtatlar bo’ldi. Prezident Obama ularni ofat zonalari deya belgiladi. To’fon natijasida ayrim joylar toshqinga uchrab, millionlab odamlar elektr quvvatisiz qolgan. Federal hukumat tiklanish ishlariga qo’shimcha pul ajratmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish, 30-oktabr, 2012-yil


Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, sharqiy sohil bo’yidagi hududlarda kamida 28 kishi o’lgan. Sendi dovuli Amerikaga kelishdan oldin Karib dengizi mintaqasini ham qaqshatib, 65 kishining hayotiga zomin bo’ldi.

Nyu-York shahrining Manxetten rayonida hayot to’xtagan. Nyu-York birjasi 1888-yildan beri ilk bor qatorasiga ikkinchi kun ishlamayapti. Shaharning Kvins rayonida esa yong’in yuzaga kelib, 80 ga yaqin uy vayron bo’lgan.

Qo’shni Nyu-Jersi shtatida suv sathi ko’tarilib, bir necha shahar toshqinga uchragan. 800 kishi evakuatsiya qilingan. Shtatdagi atom elektrostansiyasi vaqtinchalik o’chirilgan.

http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=vid&id=1535891&w=500&h=329&skin=embeded

Poytaxt Vashingtonda hukumat idoralari ishlamayapti, jamoat transporti to’xtagan, aeroportlar yopiq, millionlab odamlar ishga chiqmagan. G’arbiy Virjiniyada bir metrgacha qor yoqqani aytilmoqda.

Dastlabki hisoblarga ko'ra, to'fondan ko'rilgan zarar 20 milliard dollardan oshishi mumkin.

http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=vid&id=1535773&w=500&h=329&skin=embeded
Dovuldan keyingi manzara:http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1535830&w=500&h=329&skin=embeded