AQShda prezidentlikka intilayotgan respublikachilar soni bittaga qisqardi. Pensilvaniya shtatidan sobiq senator Rik Santorum poygani tark etdi.
Siyosat va din bir-biridan uzoq tushunchalar emas, hokimiyatda dinga e'tibor bermaslik xato degan gaplari bilan Santorum Amerika bosh qomusidagi eng oliy qadriyatlarni savolga tutgan edi. AQShga asos solgan insonlar aslida dindor bo'lgan, bu davlat nasroniy ekani bilan faxrlanishi lozim, deb chiqqan edi u.
6-noyabrda o'tadigan saylovda konservativ g'oyalarga sodiq arbob g'alaba qozonishi kerak, deydi u.
Shtatma-shtat o'tayotgan saralash jarayonida Mitt Romni oldinda ketmoqda. Romni - Massachussetts stati sobiq gubernatori.
Respublikachi yetakchilar, jumladan senator Jon Makkeyn nazarida partiya Mitt Romni ortida birlashishi va uni yagona nomzod deb tan olishi kerak. Aks holda, deydi u, respublikachilar Obamaga qarshi kampaniyaga zo'r bermay, o'zaro bellashuvdan bo'shamay, vaqtni boy berib qo'yadi.