Senatda qurol nazoratiga doir munozaralar boshlandi

  • Amerika Ovozi

Senatorlar Jon Makkinni (chapda) va Karlo Leone

AQSh Senatida qurol nazorati mavzusida munozaralar boshlanmoqda. Respublikachilar masalani ovozga qo'ymaslikka harakat qiladi, ammo ko'pchilikni tashkil etuvchi demokratlar bunga to'siq qo'yishi aniq.

Prezident Barak Obama so'nggi kunlarda bir necha shtatda bo'lib, aholini qurol nazoratiga doir choralarni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi. Bunday choralarga qurol xarid qiluvchilarni sinchkovlik bilan tekshirish kiradi. Tanqidchilar qurol egalarining ro'yxatga olinishiga qarshi chiqmoqda.

Milliy qurol uyushmasi qurol savdosini cheklash tashabbuslariga qarshilik ko'rsarsatmoqda. Tashkilot nazarida bunga qaratilgan har qanday chora fuqarolarning konstitutsiyada bitilgan huquqlarini poymol qilish bilan tengdir.

Bundan tashqari hujumkor qurollar sotishni man etish hamda magazinlar hajmini kichraytirish taklif qilinmoqda. Loyiha Senatdan o'tgani bilan respublikachilar nazorati ostidagi Vakillar Palatasida muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin.

Konnektikut, Kolorado va Merilend kabi ayrim shtatlar mamlakatdagi bir necha qatliomdan so'ng shtat miqyosida qurol nazoratini kuchaytirgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Obama va qurollar/Obama -Guns