Shveysariya Suriya rahbariyatini sanksiya bilan jazoladi

  • Amerika Ovozi

Shveysariya Suriya rahbariyatini sanksiya bilan jazoladi

Shveysariya hukumati Suriyada xalqqa qarshi zulmni qoralab, prezident Bashar al-Assad va yana 22 rasmiyga moliyaviy sanksiya qo'ygan.

Ularga tegishli 32 million dollar muzlatilgan.

Bungacha AQSh va Yevropa Ittifoqi ham rasmiy Damashqni o'xshash choralar bilan jazolagan edi.

Mamlakatda hukumatga qarshi namoyish qilayotgan faollarni ta'qibga olish davom etar ekan, Hama shahriga tanklar kiritilgan.

Namoyishda ishtirok etganlikda gumon qilinayotgan odamlar hibsga olinmoqda.

Shaharda o'q ovozlari eshitilgan.

Juma kuni o'n minglab odamlar Hama ko'chalaridan o'tgan edi. Bashar al-Assad ertasiga viloyat hokimini ishdan olgan.

Bir necha qishloqda o'tkazilgan operatsiyada askarlar kamida olti kishini otib o'ldirgan.