Suriya ziyolilari zo'ravonliklarga chek qo'yish haqida gaplashmoqda

  • Amerika Ovozi

Suriya muxolifati uchrashmoqda, Damashq, 27-iyun, 2011-yil

Suriyada 150 dan ziyod ziyoli va faol bugun uchrashib, mamlakatda bir necha oydan beri davom etayotgan zo'ravonliklarni to'xtatish choralari va tinch yo'l bilan demokratik tuzumga o'tish yo'llari xususida gaplashgan. Ular orasida muxolifat vakillari ham bor.

Poytaxt Damashqda o'tgan majlisdan oldin ishtirokchilar hukumatga qarshi namoyishlarda jon bergan odamlarni bir daqiqalik sukut bilan xotirlagan.

Muxolifatning ayrim namoyondalari uchrashuvdan foyda yo'q deb, unda ishtirok etmagan. Hukumat majlisning o'tkazilishiga to'siq qo'ymagan.

"Sano" davlat axborot agentligining bildirishicha, hukumat 10-iyul kuni muxolifat bilan uchrashishga rozi bo'lgan. Muloqotda muxolifatdan aynan kimning bo'lishi hozircha aniq emas.

O'tgan hafta prezident Bashar Al-Assad televideniye orqali nutq so'zlab, milliy muloqot haqida so'z ochgan edi. Jarayon davomida parlament saylovlari, matbuot va konstitutsiya islohotiga doir yangi qonunlar ko'rilishi ko'zda tutilgan.