Suriyada poytaxt Damashq va al-Bukamol shahrida xavfsizlik kuchlari tunda muxolifatga qarshi maxsus operatsiyalar olib borib, besh kishini o’ldirgan.
Namoyishchilarga qarshi kechagi xurujlarda esa yetti fuqaro halok bo’lgan edi. Latakia shahrida ko’p qon to’kilgani haqida ma’lumotlar bor.
Suriya davlat axborot vositalari xavfsizlik kuchlari xalq dushmanlari bilan olishmoqda degan xabarlar tarqatmoqda.
Prezident Bashar al-Assad unga qarshi bosh ko’targanlarga nisbatan keskin choralar ko’rishni buyurgan.
Kecha juma namozidan keyin o’nlab ming fuqaro namoyishga chiqib, Assadni diktator deb qoralagan va uning hokimiyatdan ketishini talab qilgan.
Prezident fikricha mart oyidan beri davom etayotgan qo’zg’olonlar ortida yovuz kuchlar turibdi.