BMT: Suriyadan qochayotgan odamlar soni yanada oshadi

  • Amerika Ovozi

Iordaniyalik askar suriyalik qochqinlarga yordam bermoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochqinlar agentligi hisobicha, urushdan boshi chiqmayotgan Suriyani yil oxirigacha 700 ming odam tark etishi mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish



Tashkilot Iordaniya, Livan, Iroq va Turkiyaga bosh olib ketayotgan bu insonlarga yordam uchun 500 million dollar to’plash kerak, demoqda.

Har kuni 2 ming-3 ming odam chegarani kesib o’tmoqda. Ro’yxatga olingan va hali olinmaganlar soni martdan beri 600 foizga ko’paygan.

Britaniyada asoslangan huquq tashkiloti hisob-kitobiga ko’ra, kecha Suriyadagi olishuvlar 300 kishi, asosan, tinch fuqarolarni hayotdan olib ketgan.

Hims, Hamo, Damashq qattiq talofat ko’rgani aytiladi. Xorij matbuoti faoliyati cheklangani bois bu ma’lumotni mustaqil ravishda tasdiqlash mumkin emas.

Kecha isyonchilar poytaxtda prezident Bashar al-Assadning harbiy qarorgohida ikki mashinani portlatgan.

To’rt soqchi o’lib, shiddatli otishma boshlangan va natijada eronlik jurnalist jon bergan.

Axborot vaziri Omran Zubi voqeada terrorchilarni ayblamoqda. Hukumat Assadga qarshi qo’zg’olon qilayotgan kuchlarni terrorchi deb keladi.

Shu bilan birga, Damashqda hayot davom etmoqda, shahar ahli kundalik yumushlar bilan band:

Damashqda kundalik hayot