Turkiya Suriya tomon uchayotgan yo’lovchi samolyotni Anqarada nima uchun majburan qo’ndirganini tushuntirmoqda. Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an samolyot bortida qurol-aslaha bo’lgani va mazkur yuk Rossiya tomonidan ta’minlaganini aytmoqda.
Suriyada fuqaro urushi davom etar ekan, ayrimlar nazarida G’arb va Fors ko’rfazidagi arab mamlakatlari mojarodan Eron nufuzini pasaytirish uchun foydalanmoqda.
Mojaro nafaqat Suriya xalqini parokanda qildi, balki butun mintaqani ham. Hukumat tarafdorlari buni sivilizatsiyalar-aro to’qnashuv deb biladi.
“Sunniy va shialar o’rtasida diniy kurash ketmoqda”, - deydi tadbirkor Nabil Tuma. “Bir tomonda Saudiya Arabistoni va Turkiyadan iborat ittifoq, ikkinchi tomonda esa Eron, Iroq, Suriya va Liviya. Kurash maydoni bu Damashq”.
Suriya muxolifatini qo’llab-quvvatlayotganlar maqsadimiz bu xalqni zolim hukmdorlardan ozod etish desa, boshqalar mazhablar o’rtasida ziddiyat avj olganini aytadi.
Eronni shialar himoyachisi deb atash mumkin, lekin Suriya hukmron partiyasi a’zosi Bessam Abdullaning aytishicha, Suriya regiondagi joylashuvi va etnik tarkibi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
“Eronni Yaqin Sharqda Suriyasiz tasavvur qilish qiyin, chunki islomiy respublika butunlay yakkalanib qoladi. Fors ko’rfazi davlatlarida esa fobiya-qo’rquv bor, Erondan qo’rquv”, - deydi Abdulla.
“Ayniqsa Saudiya Arabistoni Eronni eng katta tahdid deb biladi, chunki islomiy respublika turli sohalarda, ilm-fan, texnologiya, ta’lim, madaniyat va sportda boshqalarga o’rnak”, - deya qo’shadi Suriyada humkron Baas partiyasi a’zosi.
Bessam Abdulla o’z vatanini ham turli e’tiqod vakillarini o’z ichiga olgan, ayollar va erkaklar uchun uchun teng imkoniyatlar yaratilgan dunyoviy tuzum deb ta’riflaydi.
Suhbatdoshlar boshqaruvdagi nuqsonlarni ham tan oladi. Lekin ular fikricha, muammo ildizi tashqarida.
Nabil Tumaning aytishicha, agar Turkiya va Fors ko’rfazi isyonchi kuchlarga yordam berishni bas qilsa, suriyaliklar birlashib, o’z muammolarini o’zlari hal qilishga qodir.
Ammo bugunga kelib bilamizki, hech bir tomonning murosa qilgisi yo’q, tinchlikka da’vatlar samara bermadi. Suriya siyosiy muxolifati vakillari deydiki, aybni xorijga to’nkash amaldagi tuzum nuqsonlarini yashirish demakdir.
Mohir Fadl Fetih yaqinda tuzilgan Arab Demokratik Birdamlik partiyasi rahbari.
“Hukumatdagilar mojaroni xunrezlik yo’li bilan hal qilmoqchi ko’rinadi. Bu degani, ularning har bir harakatiga isyonchilar albatta javob beradi. Zo’ravonlik to’xtamaydi”, - deydi siyosatchi.