Tojikistonlik ziyolilarga ko’ra, AQSh rahbari Barak Obamaning Isroil va Falastinga tashrifi samarali o’tsa, bu Isroil bilan Tojikiston o’rtasidagi aloqalar rivojiga ham turtki berishi mumkin.
Zero, Yaqin Sharqda tinchlik bo’lsa yahudiy sarmoyadorlari Markaziy Osiyo, jumladan, Tojikistonga investitsiya kiritishga imkoniyat topadi.
Mahalliy mutaxassislar nazarida Tojikiston-Isroil munosabatlari hozir ko’ngildagidek emas, ammo Markaziy Osiyodan ko’chib borgan mahalliy yahudiylar tufayli ushbu aloqalar yanada rivojlansa ajabmas.
Tojikiston-Isroil aloqalari borasida mamlakatda kichik bir guruh mutaxassislari va ba’zi qiziquvchilarni aytmaganda, kamdan-kam odam mushohada yuritadi.
Ruszabon tahlilchi Valentina Doronina fikricha, AQSh prezidentining Isroil va Falastinga tashrifi shunchaki voqea emas, ilgarilari kuzatilgandek siyosiy o’yinlardan iborat bo’lmaydi.
“Bu Obamaning Isroilga birinchi rasmiy tashrifi. Bir vaqtlari Isroil tadbirkorlari Tojikistonga qiziqish bildirib sarmoya kiritishgan, ammo fuqarolar urushi sabab aloqalar to’xtagan. Obama Isroil va Falastin o’rtasidagi yangi muzokaralarga turtki berishi bilan ular yana Tojikistonga kirib kelishlari mumkin bo’ladi. Chunki shundan keyin bu yerda Isroilga xayrixohlar ko’payadi”, - deydi Doronina.
Tadbirkor Dilorom To’rayeva deydiki, Isroil hajman kichik davlat bo’lsada, mintaqada qudratli mamlakat hisoblanadi va u Tojikiston qishloq xo’jaligi rivoji uchun katta yordam qilishi mumkin.
“Bir vaqtlar Tojikiston shimoli Xo’jandda ham yahudiylar ko’pchilikni tashkil etgan. Ular ko’chib ketishgan bo’lsalarda, Tojikiston bilan aloqalar rivojlanishini istashadi. Ayniqsa paxta yetishtirish, quyosh energiyasidan foydalanish, ekinlarni tomchilab sug’orish masalalarida ular bilan ko’p ishlarni amalga oshirish mumkin. Bu masalada men Obamaning rasmiy safariga umid bilan qarayman”.
Tojikiston Islom uyg’onish partiyasi faoli Ilhom Yoqubov fikricha, Obamaning Yaqin Sharqqa safari eski takliflardan iborat bo’lib qolganda ham u yerda o’zgarishlar bo’lishiga umid qilish mumkin.
“Istardimki, Isroil va Falastin munosabatlari yaxshi bo’lsin. Biz globalizatsiya asrida yashamoqdamiz, u yerdagi nizo bizga albatta ta’sir yetkazmasdan qolmaydi. Yashirishning hojati yo’q, bu ko’p hollarda diniy aqida sabab shunday. Lekin biz bu masalada Islom va nasroniycha qarashlarni chetga surib, sog’lom aql bilan ish tutishimiz kerak. To’g’ri, Isroil bilan aloqalarimiz rivojiga Eron bilan munosabatlarimiz soya solishi mumkin, ammo moliyaviy va iqtisodiy foyda e‘tiborga olinadigan bo’lsa, o’zaro munosabatlarni faqat rivojlantirishimiz kerak”.
Diloromning To’rayevaning aytishicha, Tojikiston G’arb mamlakatlari bilan aloqani yanada rivojlantirishni istasa, Isroil bilan hamkorlikni kuchaytirishi shart.
“Isroil bilan hamkorligimiz borasida ma’lumotlar juda kam. Vaholanki, mening fikrimcha, aynan Isroilning ilg’or texnologiyalari bizdagi sanoatni ham rivojlantirish uchun juda qo’l kelishi mumkin. Tojikistonga xalqaro miqyosda yordam berib kelayotgan AQSh ma’muriyati bu masalada bizning hukumatimizga ko’mak berishi mumkin bo’ladi”.
Jurnalist Zebo Qurbonova har qanday yo’l bilan bo’lmasin, Falastindagi kelishmovchiliklarga barham berish zarur derkan, bunda AQShning keyingi yillarda shu masalada Isroil ma’muriyatiga nisbatan o’zgargan siyosatidan umidvorligini bildiradi.
Tojikiston va Isroil o’rtasida iqtisodiy, madaniy aloqalarni rivojlantirishga hech qanday to’siq bo’lmasligi, hech qanday aqida, masofa yoki uchinchi tomonning manfaati bunga mone’lik qilmasligi kerak, deydi u.
Your browser doesn’t support HTML5