Markaziy Osiyoda eng ulkan gidroresurslarga ega Tojikiston hozircha energetik inqirozdan chiqa olmayotir. O’n yildan o’tibdiki, Tojikiston nohiya va qishloqlari yilning kuz, qish va bahor fasli boshlarida sutkasiga 3-5 soat tok bilan ta’minlanadi. Fuqarolar urushi davrida ham xalq bu qadar qiynalmagan edik deydi.
So’ngi yillarda Rossiya va Eron bilan hamkorlikda qurib foydalanishga topshirilgan Sangto’da-1 va Sangto'da-2 GESlari sharoitni yaxshilamadi. Endi energetik tanglikdan respublikani faqat Rog’un GESi qutqarishi mumkin deilsa-da, bu yirik inshootning bitkazilishiga mahalliylar ham ishonmay qo’ygan.
Tojikistonning tadqiq etilgan yillik gidro-zaxirasi 500 millard kilovatt soatdan ziyod bo’lsa-da, uning faqat besh foizidan foydalanishadi.
Mintaqada suvga eng boy yurt fuqarolari yilinig aksar qismida chiroqsiz qolishadi.
Elektr energiyasiga monopolist “Barqi Tojik” xoldingining o’zi Sangto’da GESlaridan qarzdor bo’lib, hozir faqat yirik shahar va korxonalarni tok bilan ta’minlab turibdi.
Sharoitni izohlagan fizika fani o’qituvchisi Valijon Sharipov shunday qilmasa bo’lmaydi, deydi. Bu masalada hukumatni ayblagan bilan ish bitmaydi, de hisoblaydi muallim.
“Tojikiston Afg’onistonga ko’mak berib kelmoqda, bu yordam hozir ko’rsatilmasa bo’lmaydi, u yerdagi AQSh yetakchiligidagi xalqaro bo’linmalar, harbiylarga bu juda zarur. Tojikiston o’z majburiyatini vijdonan bajarmoqda. Buning ustiga bozorni ham inobatga olish zarur, undan ayrilib qolmaslik kerak”, - deydi u.
Oiladagi erkaklarni Rossiyaga, mehnat muhojirligiga jo’natgan oliy ma’lumotli uy bekasi Oysha Rasulova energiyani boshqalarga bergandan xalqqa bersin, deydi. Rahbarlar pulga sotishni biladi xolos, shamni yoqib o’tirishga majburmiz, deya norozi bo'ladi ayol.
Respublikaning deyarli barcha nohiyalari kuniga faqat besh-olti soatdan elektr energiyasi olayotgan bo’lsa-da, limitga amal qilmasdan amali va pulidan foydalanib, yo’lini qilib doimiy elektr energiyasidan foydalanayotganlar ko’plab topiladi.
Agronom Po’latsher Mamatov go’daklar sovuq qotayotgani, o’tinning issig'i kam ekani, ko’mir qimmat ekanini aytadi.
“Davlat yordam qilishi kerak. Qandoq qilamiz? Haqimizni bermasalar, duddan zaharlanib qolganlar qancha”, - deydi u.
Yuqori martabali bir rahbarning aytishicha, Rog’un GESi, Zarafshon daryosida rejalangan GESlar qurib bitkazilsa, Tojikiston 15-20 yil orasida regionda eng qudratli va boy mamlakatga aylanadi. Chunki mintaqada neft va gaz zaxiralari tugab bormoqda, gidroresurslar esa hech qachon tugamaydi.
“Biz yaqin kelajakda Afg’oniston, Pokiston, Hindiston va Xitoyni hayotan zarur quvvat bilan uzluksiz ta’minlay olamiz. Faqat O’zbekiston bizga to’sqinlik qilmoqda, blokadaga tutmoqda, sharoit og’irligi shundan”, - deydi u.
Elektr tarmog’idagi uzilishlar, tarmoqlarda quvvatning keskin oshib ketishi va pasayishi sabab elektr uskunalarining ishdan chiqishi inson o’limiga yetaklashi hech gap emas. Ko’mirdan foydalanish esa fojea bilan yakunlangan hollar bor.
Oysha qo’shnisining chaqalog’i gazdan nobud bo’lganini eslaydi.
“Sakkiz oylik chaqaloqchani beshikka belab sandalini ko’rpasiga o’rab qo’ygan buvasi, issiqqina, jimgina yig’lamay yotibdi deb bemalol uxlayvergan, ertalab tursa bola qotib o’lib yotgan ekan”, - deydi u.
Tojikistonda hozir 10 yirik va yuzdan ortiq kichik GESlar ishlab turibdi.
Hukumat 200 ga yaqin kichik gidrostansiya qurishning 2009-2020 yillarga mo’ljallangan programmasini tuzib qo'yibdi.
Ba’zi mutaxassislar fikricha, hukumat aynan kichik GESlar qurish bilan muammoni hal etishi maqsadga muvofiq. Lekin bu yo’lda G’arb mamlakatlari ko’rsatayotgan moliyaviy yordam talon-taroj qilinmoqda, kichik GESlar noto’g’ri qurilmoqda, qurilganlari ham tezda ishdan chiqmoqda, deyishadi ular.
Mamlakat rahbariyati elektr tanqisligini sovuq tushgach asosiy suv omborlarida suvning kamayishi bilan izohlab kelishadi.
Tojikiston energetika va sanoat vazirligi ma’lumotiga ko’ra, hozir ishlab chiqarilayotgan energiyaning 95 foizi respublikaning o’zida sarflanadi.
Your browser doesn’t support HTML5