Aholi orasida chekishni kamaytirishga bo’lgan urinishlar kuchaygan bir paytda, ayrim mutaxassislar nazarida, bu odat yoshlar orasida mashhurlik belgisiga aylangan. O’tgan 10 yilda olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra, yuqori sinfda chekish, asosan, ko’zga ko’ringan yigit-qizlarga xos.
Bi Donosa va Laura Rodriges ispaniyalik. Chekishni maktabdan boshlashgan. Bu mashhurlik belgisi edi, deydi ular.
“Do’stlarimiz bilan ziyofat kechalarida nimadir qilish uchun, zo’r ko’rinish uchun chekishni boshlaganmiz”, - deydi ular.
Yuqori sinf o’quvchlari orasida, asosan, taniqli yoshlar chekishga moyil. Ular boshqa o’quvchilarga qaraganda chekishni ertaroq boshlaydi.
Janubiy Kaliforniya universiteti professori Tom Valente shu mavzuni o’rganayotgan olimlardan.
“Mashhur bo’lishning badali ham bor. Masalan, ana shu mashhurlikni saqlab qola bilish”, - deydi u.
Chekish bu badalni o’tash yo’llaridan biri. O’n yil davomida olib borilgan to’rt tadqiqotda 9-10-sinflarda chekishni boshlagan yoshlarning, odatda, o’zlariga o’xshagan chekuvchlar bilan do’stlashishi aniqlangan.
“Tadqiqot natijalarini faqat bir madaniyat, etnik guruh yoki demografik qatlamga mansub yoshlarga xos, deb bo’lmaydi”, - deydi professor Valente.
Ta’lim tizimi xodimi Sintia Gomes esa ilmiy izlanish natijalariga qo’shilmaydi. Bunchalik emas, deydi u.
“Aslida mashhur bolalar emas, balki mashhurlikka intilayotganlar chekishga urinadi. Mashhur bo’lish uchun chekish kerak, degan tushuncha bor”, deydi Gomes.
O’quvchilarni sog’lom turmush tarziga o’rgatish uchun ko’ngilli bo’lib yordam berayotgan yuqori sinf o’quvchlari bor. Yoshlarga namuna bo’lish uchun ular maxsus treninglardan o’tadi.
16 yoshli Viktoriya Smit 5 va 6-sinf o’quvchilarining sigareta haqidagi tasavvurlarini o’zgartira oldim, deydi.
“Chekishning yomonligini bilishadi. Ammo boshqalarga yaxshi ko’rinish uchun, e’tiborga tushish uchun chekish kerak deb o’ylashadi”, - deydi Viktoriya.
14 yoshli Janel Rivasga ko’ra, bolalar orasida chekishni kamaytirishda kattalardan ko’ra o’zi kabi yosh ko’ngillilarning ishi ko’proq foyda beradi.
“Chunki men ular bilan deyarli tengdoshman. Ular menga ko’proq quloq solishadi”, - deydi u.
Ekspertlarning aytishicha, bolalar bilan bu mavzuda ishlash juda muhim. Chunki odam chekishni qancha erta o’rgansa, bu odatni tark etishi shuncha qiyin bo’ladi, deydi ular.
Your browser doesn’t support HTML5